Xonadon moliyasi. Bu xonadon pul kirimi va chiqimini bildiradi,
bu oila budjeti deb ham yuritiladi. Xonadonga pul ish haqi, pensiya,
nafaqa, stipendiya, dividend, ijara haqi, tadbirkorlik foydasi, zayom
va lotereya pul yutug‘i, bank beradigan foiz, tomorqadan keladigan
pul shaklida kelib tushadi. Bu puldan soliqlar va ixtiyoriy to‘lovlar
chegirilgandan so‘ng qolgan qism qo‘lga tekkan daromadni hosil etadi.
Bu pul 2 ta fondga ajratiladi:
1. Тovar va xizmatlarni xarid etish yoki iste’mol fondi.
2. Jamg‘arish fondi.
Xarid fondi darhol sarflansa, jamg‘arish fondi to‘planib boradi.
Moliya munosabatining ishtirokchilari fond bozorida qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdisida qatnashadilar, bundan maqsad aksiya va
obligatsiyalarni arzon olib, qimmatiga sotish yo‘li bilan pul topishdir.
Bu ishda faqat korxona va tashkilotlardan tashqari aholi ham
qatnashadi, ular bunga o‘zining jamg‘arma fondidagi pulini sarflaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |