Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Pul sohasi
- Moliya deganda, pul resurslari (jamg‘armalari)ni hosil etish, ularni taqsimlash va ma’lum maqsad yo‘lida ishlatish tushuniladi.
10-BOB. MOLIYA VA KREDIТ
10.1. Iqtisodiyotning moliya sektori Milliy iqtisodiyot ikki soha — sektorga ajraladi: 1. Real soha — sektor. Bu tovar va xizmatlarning ishlab chiqarishdan iste’molgacha bo‘lgan harakatini anglatadi. 2. Pul sohasi — sektori. Bu iqtisoddagi tovar va xizmatlar harakatiga qarama-qarshi boradigan pul harakatini bildiradi. Milliy iqtisodiyotdagi tovar, xizmatlar va pul oqimi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Resurslar bozori Davlat idoralari Firmalar Iste’mol tovarlari bozori Xonadon xo‘jaliklari Tovar va xizmatlar Pul Moliya deganda, pul resurslari (jamg‘armalari)ni hosil etish, ularni taqsimlash va ma’lum maqsad yo‘lida ishlatish tushuniladi. Chizmaga nazar tashlasak, firmalar, xonadonlar va davlat idoralari bir-biriga bozor orqali tovar va xizmatlar yetkazib beradilar hamda bir-biridan pul oladilar. Тovarni sotgan tomon olgan puli uning daromadini (tushumini) hosil etadi, xuddi shu pul tovarni olgan tomon uchun xarajat bo‘ladi. Natijada iqtisodiyotda daromad va xarajatdan iborat pul oqimi paydo bo‘ladi va bu moliyani yuzaga keltiradi. Jamiyatning daromadi — bu pulda hisoblangan yalpi ichki mahsulot. Masalan, 2008-yil O‘zbekistonda YAIM 30,8 trill so‘mni tashkil etdi, u taqsimlanib pul resurslari, ya’ni fondlari (jamg‘armalari)ni hosil etdi, xonadon, firmalar (korxonalar)ning, nodavlat tashkilotlarning va davlatning daromadlari yuzaga keldi.Bu bilan moliya munosabati paydo bo‘ldi. 97 Moliya dastlab korxonada paydo bo‘ladi. Bu yerda olingan pul tushu- mi — daromad amortizatsiya, ish haqi to‘lash, mukofot berish, soliq va bankdan olgan qarzni to‘lash, xayriya ishlari va investitsiyalar uchun ajratiladi. Korxona va aholi davlatga bergan soliqlar va boshqa to‘lovlar uning daromadini hosil etadi va bu pul ma’lum maqsad yo‘lida ishlatish uchun qayta taqsimlanib, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat, sport va davlat investitsiyalari uchun ishlatiladi. Xonadon ahli firmalar, davlat idoralari va o‘z biznesidan pul oladi, undan jamg‘arma hosil etadi. Moliya umuman pulning qo‘ldan qo‘lga o‘tishi emas, balki uni maxsus maqsadda ishlatish uchun jamg‘arma (fond) hosil etishi bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi uydan o‘qishga borib kelish uchun 3500 so‘m oldi, buni avtobus va ovqatlanish uchun sarfladi. Bu yerda shunchaki pulni xarid uchun sarflanishi yuz berdi, shu sababli moliya kelib chiqmadi. Agar o‘quvchi kelajakda velosiped olish uchun ishlab pul topsa va uni jamg‘arib borsa, moliya yuzaga keladi, chunki u maqsadli xarid fondi hosil etadi. Albatta bu shunchaki bir misol. Amalda moliya g‘oyat murakkab pul bilan bog‘liq aloqalarni bildiradi. Bozor iqtisodi pul bilan tirik bo‘lganidan, uning uchun moliya katta ahamiyatga ega va bu uning vazifalarida ifoda etiladi: moliya daromadlarni iqtisodiyotning subyektlari bo‘lmish korxonalar, xonadon xo‘jaliklari va davlat o‘rtasida taqsimlaydi; soliqlardan siylov berish, davlat hisobidan pul bilan ko‘mak berish orqali korxonalar va tashkilotlarning yaxshi ishlashini moliya rag‘batlantiradi; moliya iqtisodiyotni boshqarish ishini axborot bilan ta’minlaydi, chunki moliyaviy ko‘rsatkichlar (foyda miqdori, rentabellik, zarar miqdori, qarzdorlik, likvidlik kabilar) menejmentda qo‘l keladi; moliya ijtimoiy sohalarni pul bilan ta’minlaydi, ya’ni maorif, madaniyat, sportga pul ajratiladi, aholining nochor qatlamlari (ko‘p bolali oilalar, kambag‘allar, nogironlar)ga nafaqalar beriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling