Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

9.4. Iqtisodiy o‘sish samaradorligi
Samaradorlik milliy iqtisodiyotda nima sarflab, nimaga erishilganligini
bildiradi. Bunda jamiki ishlab chiqarish sarflari olingan pirovard natija,
ya’ni YAIM hajmi bilan solishtiriladi. Iqtisodiy o‘sish samarasi (S) YAIM
o‘simini (

Wq ) sarflar o‘simi (

Cq )  ga nisbati bilan topiladi:

)

)
 
 
Wq
Cq
S
=
Masalan, mamlakatda o‘tgan yili 3700 milliard birlikka teng YAIM
yaratildi, shu  yili esa bu mahsulot  4200 milliardga teng.  O‘tgan yili
YAIM yaratish uchun ketgan jami sarflar 3000 milliard birlikni tashkil
etgan bo‘lsa, bu yil 3250 milliard bo‘ldi. Binobarin, YAIM o‘simi 500
milliard (4200—3700=500), sarflar o‘simi 250 milliard (3250—3000=250)
oshdi. Demak, qo‘shimcha 250 milliard sarflangan holda 500 milliardga
teng  qo‘shimcha  mahsulot  olindi.  Endi  bu  raqamlarni  formulaga
solamiz:

)

)
500
 
 = 
 
 2, 0
250
Wq
Cq
S
=
=
Qo‘shimcha qilingan 1 birlik sarf 2 birlik YAIM bergan. Bordi-yu,
kelasi  yili  1  birlik  sarfga  1,5  birlik  mahsulot  olinsa,  samaradorlik
pasaygan bo‘ladi (1,5<2), agar 2,5 birlik olinsa, oshgan bo‘ladi (2,5>2).
Iqtisodiy o‘sish samaradorligiga 3 muhim omil ta’sir ko‘rsatadi: ular
YAIMning mehnat sig‘imi, moddiy sig‘imi va kapital (fond) sig‘imidir.
Mehnat sig‘imi YAIM birligini yaratishga ketgan mehnat sarfidir. Mehnat
unumdorligi oshsa, mehnat sig‘imi qisqaradi va aksincha. Masalan, ilgari
bir ishlovchi yiliga 5 mln so‘mlik YAIM yaratgan bo‘lsa, endilikda u 6
mln so‘mga teng YAIMini yaratadi. Demak, mehnat unumdorligi 1,2
marta (6000 : 5000=1,2) o‘sgan bo‘ladi.
6,4 6
0,4
 = 
100
100
6, 7%
6
6
Ni
− × = × =
140 120
W =  
   100
100

×
20
100
20%
100
=
×
=


90
Samaradorlik ortishi uchun mahsulot birligini yaratishga ketgan
xomashyo, yoqilg‘i, energiya va har xil materiallar sarfi qisqarishi
talab qilinadi. Bir so‘mlik YAIM olish uchun ketgan moddiy sarflar
oldin  0,6  so‘m  bo‘lsa,  endilikda  u  0,4  so‘mga  tushdi.  Demak,
samaradorlik oshdi. Agar moddiy sarflar 0,7 so‘mga yetsa, shubhasiz,
samaradorlik pasaygan bo‘lar edi.
YAIMning kapital sig‘imi uni yaratish uchun ketgan kapital miqdori
bilan o‘lchanadi. Kapitalning joriy sarfi mashina, asbob-uskuna, bino-
inshootlarning amortizatsiyasi, ya’ni ular qiymatining YAIMga o‘tgan
qismidir. Masalan, mashina-uskunalar jami 25 milliard so‘m tursa va
ular 5 yil xizmat qilsa, ularning yillik amortizatsiyasi 5 milliard so‘m
(25 : 5=5) bo‘ladi. Shu 5 milliard so‘mlik amortizatsiya hisobidan 50
milliard so‘mlik YAIM olinsa, uning kapital sig‘imi 0,10 bo‘ladi, ya’ni
1 so‘mlik mahsulot olish uchun 10 tiyinlik kapital sarflangan. Agar
YAIMning kapital sig‘imi 9 tiyinga tushsa, samaradorlik ortgan, agar u
11 tiyinga tenglashsa, samaradorlik pasaygan bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sish samaradorligini tahlil qilganda har uchala omildagi
o‘zgarishlar hisobga olinishi kerak. Bu bilan qaysi omil hisobidan
samaradorlikni oshirish mumkinligi aniqlanadi.
Samaradorlikni  oshirish  resurslarning  cheklanganligi  bilan
ehtiyojning cheksizligi o‘rtasidagi ziddiyatni hal etishga xizmat qiladi.
Samaradorlik oshganda, oz resurs sarflab, ko‘p YAIM ishlab chiqarilgan
bo‘ladi,  binobarin cheklangan  resurslar  sharoitida ulardan  tejamli
foydalanib, ehtiyojlar to‘laroq qondiriladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling