9.2. Milliy iqtisodiyotning o‘sishi
Makro darajadagi iqtisodiy o‘sish o‘zi nima?
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan
mahsulot va xizmatlarning ko‘payib borishini bildiradi.
Milliy iqtisodiyotdagi iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulotning
(YAIM) ko‘payib borishida ifoda etiladi. YAIM — bu ma’lum
davrda, masalan, bir yilda iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari
yaratgan mahsulot va xizmatlarning bozor narxlarida hisoblangan
summasidir. Uning miqdori, birinchidan, yaratilgan tovar va
xizmatlar miqdoriga va ular birligining narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar
mamlakatda 500 mln dona tovar va 100 mln xil xizmat yaratilgan
bo‘lib, bir tovarning o‘rtacha narxi 120 dollar, xizmat narxi 80
dollar bo‘lsa, bunda:
YAIM = 500 mln Ѕ 120+100 mln Ѕ 80 =
= 60 mlrd+8 mlrd=68mlrd dollar bo‘ladi.
Mahsulot va xizmatlar miqdori o‘zgarmagan va, hatto, pasaygan
taqdirda narx yuqori bo‘lsa, YAIM summasi ham ko‘p bo‘ladi.
Aksincha, tovar va xizmatlar miqdori o‘sgan holda narx undan ko‘proq
pasayib ketsa, YAIM hajmi kamayadi. Asosiy mahsuloti neft va gaz
bo‘lgan mamlakatlarda bularning narxining oshishi YAIMni
ko‘paytiradi, bular narxi pasayganda aksi yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |