Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

8.5. Mehnat taklifi
Mehnatga bildirilgan talabga javoban bozorda mehnat taklif etiladi.
Тaklifni ishlab pul topishga zarurati bor kishilar bildiradi.
Bozor qoidasiga ko‘ra, mehnat taklifi ham uning narxiga qarab
o‘zgarib turadi. Ish haqi oshsa, mehnat taklifi ko‘payadi, kamaysa,
taklif qisqaradi. Demak, mehnat taklifi ish haqiga nisbatan to‘g‘ri
mutanosiblikda bo‘ladi. Ammo mehnatni tirik odam taklif etganidan,
bu mehnat ahlining nimani afzal  ko‘rishiga ham bog‘liq. Moddiy
muhtojlik sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p pul topishga intilish ustunlik
qiladi. Moddiy to‘kinchilik sharoitida ishlab qo‘shimcha pul topishga
nisbatan dam olish afzal ko‘riladi.
Nimani  afzal  ko‘rishga  qarab  to‘la  ishlash,  kam  ishlash  yoki
butunlay ishlamaslik o‘rtasida muqobil tanlov yuz beradi. Shunga
qarab  mehnat  taklifi  kelib  chiqadi.  Ishlashga  talabgorlar  taklifi,
shubhasiz, ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Quyidagi chizmada soatbay ish haqining ortishiga qarab mehnat
taklifi ortishini ko‘rish mumkin. Bu mehnat taklifining mehnat narxiga
javobini ko‘rsatadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling