Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
8.3. Ish haqi
Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi o‘rtasida mehnatning kelishilgan narxi — bu ish haqidir. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi haqi bo‘lib, uni ishga yollaganlar mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganligi uchun to‘laydi. Ish haqi ish natijasiga qarab beriladi va u uch qismdan iborat: a) asosiy ish haqi; b) mukofotlar; d) ish vaqtidan so‘ng (ishdan keyin, dam olish va bayram kunlari) bajarilgan ish uchun beriladigan ustama pul to‘lovlari. Shu uch qism jami ish haqidir. Ish haqidan soliqlar, to‘lovlar, har xil badal pullari chegirib olinadi. Shundan so‘ng qoladigan va ishlovchi qo‘liga tekkan pul netto (sof) ish haqi deyiladi. 75 Ish haqi darajasi ham bozorga bog‘liq. Agar firma yaratgan tovarlar bozori chaqqon bo‘lib, ular yaxshi sotilsa, tushum ko‘payib, ish haqi oshadi yoki aksincha. Demak, ish haqi mehnat keltirgan nafga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqi mehnatning me’yoriy unumdorligi bilan ham belgilanadi. Me’yoriy unumdorlik esa qo‘shimcha jalb etilgan ishchilar mehnatining keltirgan unumdorligidir. Uni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: Δ Δ Q Um Nm = . Bunda: Um — me’yoriy unumdorlik, ∆ Q — mahsulot ishlab chiqarish miqdorining o‘sishi, ∆ Nm — mehnat miqdorining o‘sishi. Masalan, firma qo‘shimcha ravishda 50 kishini ishga oldi, ular qo‘shimcha 5 mln so‘mlik mahsulot yaratgan deb faraz qilsak, me’yoriy unumdorlik quyidagicha bo‘ladi: Δ 5000000 100000 50 Δ Q Um Nm = = = Demak, har bir qo‘shimcha ishga olingan ishchi yuz ming so‘mlik qo‘shimcha mahsulot bergan bo‘ladi. Ammo firmani mahsulotning o‘zi emas, balki u keltirgan qo‘shimcha daromad qiziqtiradi. Shu bois qo‘shimcha mehnat yaxshi daromad keltirmasa, ishlovchilar soni ko‘paytirilmaydi. Qo‘shimcha (me’yoriy) daromad quyidagicha hisoblanadi: Δ Δ F Dm Nm = Bunda: Dm — qo‘shimcha daromad, ∆ F — qo‘shimcha foyda, ∆ Nm — qo‘shimcha mehnat (ish haqi). Oldingi misolga qaytsak, qo‘shimcha ishga olingan 50 kishi yaratgan mahsulot 5 mln so‘m bo‘lsa, unga ketgan xarajat 4 mln so‘m, shundan 2 mln so‘m qo‘shimcha ish haqi sarfi deb olamiz. Bunda foyda 1 mln (5 mln – 4 mln = 1 mln) so‘m. Demak, firma ish haqiga 2 mln so‘m sarflab 1 mln so‘m foyda ko‘rgan. Bunda: 100000 Um = 0, 5 mln so‘m Dm= Δ 1mln 0, 5mln so‘m 2mln Δ F Dm Nm = = = Demak, qo‘shimcha ish kuchini ishlatish bir so‘m ish haqi sarfiga 0,5 so‘m foyda keltirdi, vaholanki oldin yollangan ishchilar mehnati 1 so‘m sarfga 0,45 so‘m foyda bergani uchun qo‘shimcha mehnatni jalb etish qulay bo‘lgan, chunki 0,50>0,45. Agar qo‘shimcha mehnat 0,30 so‘m foyda bersa, qo‘shimcha ishchi kuchini olish qulay emas, chunki 0,30<0,45 bo‘ladi. Foyda olish ishlovchilar soni keragidan ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling