8-BOB. MEHNAТ
8.1. Mehnat resurslari
Mehnatning tagi rohat, degan gap bor. Buning ma’nosi shuki,
mehnat bilan barcha noz-ne’matlar yaratiladi, yaxshi mehnat qilgan
farovon yashaydi. Mehnat ahli aholining iqtisodiy faol qismini, jamiyat
mehnat resurslarini tashkil etadi.
Aholi uch guruhga ajraladi: 1) Mehnat yoshiga yetmaganlar, ya’ni
bo‘lg‘usi mehnat resurslari. Bunga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar
kiradi; 2) Mehnat yoshidagilar, ya’ni amaldagi mehnat resurslari. Bunga
O‘zbekistonda 16—59 yoshdagilar kiradi; 3) Mehnat yoshidan chiqqanlar—
pensionerlar. Bularga O‘zbekistonda 54 yoshdan oshgan ayollar va 60
yoshdan oshgan erkaklar kiradi (8.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |