Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

6.4. Marketing strategiyasi
Marketing strategiyasi — bu firmaning kelajakda bozordagi sa’y-
harakatlari va u yerda qiladigan ishlaridir. Uning maqsadi egallangan
bozorni qo‘ldan bermay, iloji bo‘lsa uni kengaytirish va raqobatda
Ilmiy kitob
Darsliklar
Bolalar  uchun
kitoblar
Texnik kitob
Badiiy  kitob
Ilmiy jurnal
Badiiy  jurnal
Siyosiy  jurnal
Bolalar  jurnali
Yoshlar  jurnali
Ayollar jurnali
Xorijiy  jurnal
Mahalliy gazeta
Markaziy  gazeta
Yoshlar  gazetasi
Ayollar  gazetasi
6.1-jadval


58
yutib chiqishdir. Shu maqsadda bozorga tovarlar chiqarish, ularga
narx qo‘yish, ularni sotishni tashkil etish belgilab olinadi.
Тovar strategiyasi bozorga qanday tovar chiqarilishini belgilaydi,
bunda muayyan tovarga talab-ehtiyojning borligi yoki yo‘qligi, ozligi
yoki ko‘pligi hisobga olinadi. Dastlab tovar yaratish loyihasi ishlab
chiqiladi, so‘ngra tovar namunasi yaratiladi, keyinchalik oz miqdorda
chiqarilgan tovar bozorda sotib ko‘riladi. Bu jarayonda tovarga tegishli
o‘zgarishlar kiritilib, uning sifati qiyomiga yetkaziladi.
Тovarning sifatida bir qator belgilar mujassam etiladi: chunonchi,
u nima uchun ishlatilsa, shu talabga javob berishi, ishonchli va pishiq
bo‘lishi,  ekologik  tozaligi,  uni  iste’mol  etishning  qulayligi,  uning
chiroyli bo‘lishi. Marketing xaridor faqat sifatli tovarni qabul qiladi
degan qoidadan kelib chiqadi. Тovar strategiyasi tovarning raqobat-
bardoshligi, bozordagi umri (hayotiy sikli) uzoq bo‘lishi uchun zarur
chora-tadbirlarni qo‘llaydi.
Тovarning hayotiyligini uning sotilib turishi belgilaydi. Bozorga
kirib kelgan tovarning sotilishi dastlab  ortib boradi va eng yuqori
cho‘qqisiga  chiqqach,  bozor  to‘yinib,  uning  sotilishi  qisqaradi  va
oxir-oqibatda u sotilmay qoladi. Bu uning umri tugaganligini bildiradi.
Buni quyidagi chizma tasvirlaydi:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling