58
yutib chiqishdir. Shu maqsadda bozorga tovarlar chiqarish, ularga
narx qo‘yish, ularni sotishni tashkil etish belgilab olinadi.
Тovar strategiyasi bozorga qanday tovar chiqarilishini belgilaydi,
bunda muayyan tovarga talab-ehtiyojning borligi yoki yo‘qligi, ozligi
yoki ko‘pligi hisobga olinadi. Dastlab tovar yaratish loyihasi ishlab
chiqiladi, so‘ngra tovar namunasi yaratiladi, keyinchalik oz miqdorda
chiqarilgan tovar bozorda sotib ko‘riladi. Bu jarayonda tovarga tegishli
o‘zgarishlar kiritilib, uning sifati qiyomiga yetkaziladi.
Тovarning sifatida bir qator belgilar mujassam etiladi: chunonchi,
u nima uchun ishlatilsa, shu talabga javob berishi, ishonchli va pishiq
bo‘lishi, ekologik tozaligi, uni iste’mol etishning qulayligi, uning
chiroyli bo‘lishi. Marketing xaridor faqat sifatli tovarni qabul qiladi
degan qoidadan kelib chiqadi. Тovar strategiyasi tovarning raqobat-
bardoshligi, bozordagi umri (hayotiy sikli) uzoq bo‘lishi uchun zarur
chora-tadbirlarni qo‘llaydi.
Тovarning hayotiyligini uning sotilib turishi belgilaydi. Bozorga
kirib kelgan tovarning sotilishi dastlab ortib boradi va eng yuqori
cho‘qqisiga chiqqach, bozor to‘yinib, uning sotilishi qisqaradi va
oxir-oqibatda u sotilmay qoladi. Bu uning umri tugaganligini bildiradi.
Buni quyidagi chizma tasvirlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: