59
ortib, so‘ngra kamayadi. Firma tovar sotilishi qisqarishini seziboq
tovar umrini cho‘zishga kirishadi, bunga uni modernizatsiyalash
(takomillashtirish) orqali erishiladi. Тovarga yangiliklar kiritiladi, sifati
oshiriladi, chiroyi kuchaytiriladi, qulayligi va xavfsizligi oshiriladi,
natijada tovarning sotilishi ortib, umri uzayadi. Biroq tovar bozorda
abadiy yashamaydi, unga talab so‘nadi, talab yangi tovarga ko‘chadi.
Shu bois tovar strategiyasida yangi tovarni yaratish ham mo‘ljallanadi.
Тovar yangi bo‘lishi uchun uning sifatiga katta yangiliklar kiritilishi
va buni xaridorlar his etib qabul qilishlari kerak bo‘ladi.Shuni inobatga
olib firmalar yangi tovarlar chiqarish loyihalarini oldindan yaratadilar.
Mashhur avtomobil kompaniyalari, masalan, 4—5 yildan so‘ng talab
etiladigan avtomobil modelini oldindan tayyorlab qo‘yadilar. Yangi
tovarlarga ham tovar belgilari qo‘yiladi.
Ular boshqalardan ajralib turishi, sodda, jozibali va muayyan
firmaga rasman biriktirilgan bo‘lishi talab qilinadi. O‘zga firmalar
nomi va tovar belgilaridan foydalanib g‘irromlik qilish marketingda
rad etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: