6.3. Bozor segmentlari
Bozor turli segment (ingl. segment)lardan — kichik qismlardan
iborat. Firma bularni o‘rganib, u yerdan o‘ziga joy — segment topadi.
Bozor segmenti — bu bozorning shunday qismidirki, bu yerdagi
xaridorlar, sotiladigan tovarlar va tovar sotuvchilar umumiy
belgilarga ega bo‘ladi va shuning uchun maxsus guruhni tashkil
etadi.
Bozorni segmentlarga ajratishdan maqsad firma uchun aniq xaridor
topishdir. Segment tanlanganda u yerdagi bozorning hajmi, ishlash
uchun sharoit borligi, bozordan keladigan axborot (signal)larning
yetarli bo‘lishi, bozorning saqlanib qolishi, u yerdagi raqobatning
holati va nihoyat, foyda topish nazarda tutiladi. Bozorni segment-
lashtirish bir qator belgilarga qarab olib boriladi. Bulardan asosiylari
xaridorlarning yoshi, dini, jinsi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti va kasb-
kori, ularning daromadi, jamg‘arilgan mol-mulki va pulining borligi,
qayerda istiqomat qilishi, modani his eta olishi, reklamani qabul
qilishi, tovarning nimasini (narxi, dizayni, markasi va tejamli bo‘lishini)
afzal ko‘rishlari hisoblanadi. Bular talab orqali bozor hajmiga ta’sir
etadi, buni bilish firmaga doimo kerak bo‘ladi. Bozor segmentlarida
firma o‘ziga tanlab olgan joy tokcha deb yuritiladi. 6.1-jadvalda
nashriyot mahsuloti bozorining tokchalari ko‘rsatilgan. Firma shu
tokchalardan bir nechtasini tanlab olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |