Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Тashkiliy farmoyish usuli — bu korxona va uning turli bo‘g‘inlari
ishini  menejerlar  tomonidan  ularning  qo‘l  ostida  ishlovchilarga
farmoyish, buyruq, ko‘rsatma va topshiriq berish vositasida boshqarishdir.
Bu bilan korxonadagi ishlovchilarning o‘z vazifasi va majburiyatlarining
bajarilishi  ta’minlanadi.  Buyruq  va  farmoyishlar  og‘zaki  yoki  yozma
tarzda  beriladi,  bularda bajariladigan  ish  hajmi,  muddati ko‘rsatiladi.
Biroq хodimning xizmat vazifasiga kirmaydigan ish unga buyurilmaydi.
Aytilgan usullar qonunlar doirasida qo‘llanadi, shu sababli menejerlar
o‘z vakolatlarini oshirib, o‘z lavozimini suiiste’mol etishi taqiqlanadi.
Ijtimoiy-ruhiy usul o‘z nomiga ko‘ra ikkiyoqlama bo‘ladi: birinchisi,
kishilarning  ijtimoiy  holatini  hisobga  olib  boshqarish,  ikkinchisi,
kishilarning  ruhiyatini  hisobga  olib  boshqarish.  Korxona  ishchi  va
xizmatchilarining  ijtimoiy  ehtiyoji  o‘rganilib,  ular  korxona  hisobidan
iloji  boricha  qondiriladi,  natijada  ular  faol  ishlaydilar.  Intizomli  va
yaxshi ishlaganlarga ish o‘rni saqlanishi kafolatlanadi, ish o‘rni tugatilgan
taqdirda yangi ishga joylashish uchun yordam beriladi. Firma xodimlariga
qimmatbaho tovarlar (uy, kvartira, mebel, avtomashina) olishlari uchun
ularga  o‘z  hisobidan  foizsiz  kredit  (qarz)  beradi,  ular  bankdan  qarz
olishi uchun firma kafil turadi, shuningdek, ularning bepul o‘qishi va
malaka  oshirishlarini  tashkil  etadi,  bepul  sayohat,  dam  olishni
uyushtiradi,  to‘y,  ma’rakalar  o‘tkazishda  pul  bilan  yordam  beradi,
sovg‘alar ulashadi va h.k. Ishchi va xizmatchilarga e’tibor berish, ular
mehnatini  e’zozlash  ularda  firmaga  nisbatan  sadoqat  uyg‘otadi,  ular
o‘z firmalarini ikkinchi oila sifatida qadrlaydilar.
Boshqarishda  xodimlarning  fe’l-atvori,  odatlari  va  ruhiyati  ham
e’tiborga  olinadi.  Jamoada  sog‘lom  ruhiy  vaziyat  yaratish  choralari
ko‘riladi.  Xodimlarga  topshiriq  berishda  ularning  xarakteri,  ish
qobiliyati,  irodasi,  hissiyoti  va  hatto  kayfiyati  hisobga  olinadi.  Shu
sababli boshqarish ishiga ruhshunos mutaxassislar ham jalb etiladi.


50
Ba’zi firmalarda ruhshunoslar ishga kelgan ishchi va xizmatchilarni
diqqat bilan kuzatib, kayfiyati yo‘qlarini ajratib oladilar, ularga  javob
berib, kayfiyatini tiklash imkonini yaratadilar. Ular yonma-yon ish
o‘rinlariga fe’l-atvori bir-biriga mos keladigan kishilarni joylashtiradilar,
chunki ruhiy holat mehnat unumi va mahsulot sifatiga ta’sir etadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling