Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-ruhiy
Тashkiliy farmoyish usuli — bu korxona va uning turli bo‘g‘inlari
ishini menejerlar tomonidan ularning qo‘l ostida ishlovchilarga farmoyish, buyruq, ko‘rsatma va topshiriq berish vositasida boshqarishdir. Bu bilan korxonadagi ishlovchilarning o‘z vazifasi va majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi. Buyruq va farmoyishlar og‘zaki yoki yozma tarzda beriladi, bularda bajariladigan ish hajmi, muddati ko‘rsatiladi. Biroq хodimning xizmat vazifasiga kirmaydigan ish unga buyurilmaydi. Aytilgan usullar qonunlar doirasida qo‘llanadi, shu sababli menejerlar o‘z vakolatlarini oshirib, o‘z lavozimini suiiste’mol etishi taqiqlanadi. Ijtimoiy-ruhiy usul o‘z nomiga ko‘ra ikkiyoqlama bo‘ladi: birinchisi, kishilarning ijtimoiy holatini hisobga olib boshqarish, ikkinchisi, kishilarning ruhiyatini hisobga olib boshqarish. Korxona ishchi va xizmatchilarining ijtimoiy ehtiyoji o‘rganilib, ular korxona hisobidan iloji boricha qondiriladi, natijada ular faol ishlaydilar. Intizomli va yaxshi ishlaganlarga ish o‘rni saqlanishi kafolatlanadi, ish o‘rni tugatilgan taqdirda yangi ishga joylashish uchun yordam beriladi. Firma xodimlariga qimmatbaho tovarlar (uy, kvartira, mebel, avtomashina) olishlari uchun ularga o‘z hisobidan foizsiz kredit (qarz) beradi, ular bankdan qarz olishi uchun firma kafil turadi, shuningdek, ularning bepul o‘qishi va malaka oshirishlarini tashkil etadi, bepul sayohat, dam olishni uyushtiradi, to‘y, ma’rakalar o‘tkazishda pul bilan yordam beradi, sovg‘alar ulashadi va h.k. Ishchi va xizmatchilarga e’tibor berish, ular mehnatini e’zozlash ularda firmaga nisbatan sadoqat uyg‘otadi, ular o‘z firmalarini ikkinchi oila sifatida qadrlaydilar. Boshqarishda xodimlarning fe’l-atvori, odatlari va ruhiyati ham e’tiborga olinadi. Jamoada sog‘lom ruhiy vaziyat yaratish choralari ko‘riladi. Xodimlarga topshiriq berishda ularning xarakteri, ish qobiliyati, irodasi, hissiyoti va hatto kayfiyati hisobga olinadi. Shu sababli boshqarish ishiga ruhshunos mutaxassislar ham jalb etiladi. 50 Ba’zi firmalarda ruhshunoslar ishga kelgan ishchi va xizmatchilarni diqqat bilan kuzatib, kayfiyati yo‘qlarini ajratib oladilar, ularga javob berib, kayfiyatini tiklash imkonini yaratadilar. Ular yonma-yon ish o‘rinlariga fe’l-atvori bir-biriga mos keladigan kishilarni joylashtiradilar, chunki ruhiy holat mehnat unumi va mahsulot sifatiga ta’sir etadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling