5.4. Boshqaruv qarorlari
Boshqaruv qarorlarini korxona rahbariyati qabul qiladi va korxona
jamoasi uni amalga oshiradi.
Boshqaruv qarori korxona maqsadi va vazifalariga erishish yo‘lida
paydo bo‘lgan muammolarni yechishga qaratilgan sa’y-harakatlar va
chora-tadbirlardir.
Boshqaruv qarorlari ikki turga bo‘linadi:
1. Strategik qarorlar — bu uzoqni ko‘zlagan, korxonaning
rivojlanish istiqbolini belgilovchi qarorlar. Bunday qarorlarni yuqori
toifadagi menejerlar va korxona egalari (ular nomidan, masalan,
direktorlar kengashi) qabul qiladi. Bu qarorlar korxona kelajagi uchun
jiddiy bo‘lgan masalalar yuzasidan bo‘ladi. Bular jumlasiga uzoq
muddatli qarz olish yoki olmaslik, firmalar uyushmasiga kirish yoki
kirmaslik, boshqa kompaniyalar aksiyalarini olish yoki olmaslik, yangi
korxonalarni qurish yoki qurmaslik, turdosh korxonalarni sotib olish
yoki olmaslik va boshqa jiddiy masalalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |