49
Menejmentda o‘z-o‘zini boshqarish tamoyili amal qiladi, chunki
korxona iqtisodiy mustaqillikka ega. O‘z-o‘zini boshqarishda korxona
ishiga taalluqli qarorlarni korxonaning o‘zi, o‘z manfaatidan kelib
chiqqan holda qabul qiladi, korxona ishiga hech kim aralashishga
haqli emas.
Boshqaruvning qanday usullarini tanlash ham korxona rahbar-
larining o‘z ishi bo‘ladi. Boshqarishda uchta asosiy usul qo‘llaniladi:
Iqtisodiy usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini
yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Shu
maqsadda qo‘shimcha ish haqi to‘lash, foydadan mukofotlar berish,
bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar qo‘llaniladi. Bu yerda har
kim qilgan ishiga yarasha haq oladi, kishilarning shaxsiy manfaatdorligi
ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: