III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zlarning to‘g‘risini topib
o‘rniga qo‘ying:
a) Firma kapitali ikki xil bo‘ladi: 1. ......... 2 ............;
b) Firma uchun bitta tovarning qancha turishini ....................bildiradi;
d) Daromad bilan xarajat ayirmasi .............. hisoblanadi;
e) Firmani naqadar foyda olishini ................ bildiradi;
f) Yomon ishlagan firma oxir-oqibatda.................... bo‘ladi.
2. Quyidagi savollarga javob topib, yuz bergan hodisalarni izohlab
ko‘ring:
a) Firma tovarlarining narxi ko‘tarilib, o‘rtacha daromad 10 foizga
oshdi, ammo firma foydasi 5 foiz kamayib ketdi. Nega shunday bo‘ladi?
b) Firma tovarining narxi oshmagan holda, uning foydasi 3 foizga
ko‘paydi. Bu nima hisobidan bo‘ladi?
d) Firma tovariga ketgan joriy sarf (tannarx) kamaymagani holda
uning foydasi 2 foizga oshdi. Nega shunday bo‘ldi?
e) Firma tovarining sotilish narxi ham, uning tannarxi ham o‘zgarmay
qoldi, biroq firma olgan foyda miqdori ko‘paydi. Buning sababi nima?
3. Quyidagi masalani hisoblab topishga urinib ko‘ring:
«Qo‘shchinor» firmasining kapitali 240 mln so‘m. Uning yillik oboroti
6 marta ko‘p bo‘ladi. Har aylanish mobaynida 30 mln so‘m foyda ko‘riladi.
Firmaning yillik foyda normasini hisoblab chiqing.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |