Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

4.6. Foydani maksimumlashtirish
Ko‘pchilik firmalar foydani maksimumlashtirishni pirovard maqsad
deb biladilar. Lekin bunga darhol erishib bo‘lmaganidan qisqa vaqtda
(masalan, bir yilda) ular oz foyda bilan ham qanoatlanadilar, lekin
pirovard mo‘ljaldan qaytmaydilar. Foydani maksimumlashtirish uning
miqdori katta bo‘lishini bildiradi. Foyda miqdori 3 narsaga bog‘liq
bo‘ladi: 1) rentabellik yoxud foyda normasiga; 2) kapitalning aylanish
tezligiga; 3) kapitalning miqdori yoki ishlab chiqarish ko‘lamiga.
Agar rentabellik qanchalik yuqori bo‘lsa va qo‘yilgan pul qanchalik
ko‘p bo‘lsa, foyda miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Foyda miqdori
pul birligi keltirgan foyda bilan qo‘yilgan jami pul miqdoriga qarab o‘zgarib
 
  20%
Ri =


42
turadi. Ammo shu pul birligi keltiradigan foyda kapitalning aylanish tezligiga
ham bog‘liq. Kapital aylanishi qanchalik tez bo‘lsa, rentabellik o‘zgarmagan
taqdirda ham olingan foyda miqdori ko‘p bo‘ladi. Masalan, bir sohada
qo‘yilgan 100 million so‘mlik kapital yiliga 4 marta aylanadi, har aylanishida
5 million so‘mdan foyda keltiradi. Demak, foyda miqdori yiliga 20 million
so‘m  (5  x 4=20)  bo‘ladi.  Ikkinchi  sohaga  qo‘yilgan  kapital  ham  100
million so‘m, har aylanishida u ham 5 million so‘mlik foyda keltiradi.
Ammo u yiliga 6 marta aylanib, jami 30 million so‘m (5 x 6=30) foyda
beradi. Demak, ikkinchi sohada foyda miqdori ko‘proq (30>20).
Foyda miqdorini ko‘paytirish uchun rentabellikning yuqori bo‘lishi
kifoya qilmaydi. Masalan, miqdori 100 mln so‘m kapital Ri =20 foiz
bo‘lganda 20 mln so‘m foyda ko‘riladi. Bordi-yu kapital 200 mln so‘m
bo‘lsa, Ri =15 foiz bo‘lgani holda 30 mln so‘mlik foyda ko‘riladi. Bu
ishlab chiqarish ko‘lamiga bog‘liq. Ammo buning ham chegarasi bor.
Ma’lum chegaraga qadar tovar yaxshi sotilib, daromad ko‘payadi, xarajat
esa pasayadi. Natijada foyda ortadi. Тovar chiqarish shu chegaradan
ortib ketsa narx tushadi, chunki talab qisqargan bo‘ladi. Ayni paytda
xarajat ham ma’lum chegaraga yetgach, u orta boshlaydi, chunki mehnat
unumdorligini  oshirish  imkoni  pasayadi.  F=D–X    bo‘lgani  uchun
daromad va xarajat farqi eng katta nuqtaga yetguncha foyda maksimum-
lashadi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rsak bo‘ladi:
Mahsulot  hajmi
X
a
r
a
j
a
t
Xarajat
Narx
A
Chizmada firma A nuqtadan boshlab foyda ola boshlaydi, shu yerda
narx xarajatdan yuqoriga chiqa boshlagan. B nuqtaga kelib narxning
xarajatdan yuqori bo‘lishi eng katta va bu B va C nuqta oralig‘idir. Shu
yerga qadar 400 birlik mahsulot chiqarilgan va foyda eng katta bo‘lgan.
Bundan keyin mahsulot chiqarish foydaning kamayishiga olib keladi.
Shuning uchun firma foydani oshirish chorasini ko‘rishi darkor. U yangi
tovar chiqarishi yoki xarajatni kamaytirishi kerak bo‘ladi.
Foydani maksimumlashtirishga foyda normasini oshirish orqali ham
erishiladi. Buning uchun kam sarf qilgan holda yaxshi foyda keltiruvchi


43
tovarlar yaratiladi va rentabelligi eng yuqori mahsulotlar tanlab olinadi.
Bunda muayyan mahsulotni sotishdan kelgan foyda uni ishlab chiqarish
xarajati  bilan  solishtiriladi.  Masalan,  tikuvchilik  firmasi  foydani
maksimumlashtirish uchun yengi uzun, yengi kalta chit ko‘ylakdan va
trikotajdan tikilgan yengi kalta ko‘ylakdan qaysi birini ko‘proq chiqarish
uchun ulardan har birining rentabelligini aniqlashi kerak. Agar birinchisi
12 foiz, ikkinchisi 14 foiz, uchinchisi 20 foiz rentabellik bersa, albatta
firma uchinchi ko‘ylakni tikishni ma’qul ko‘radi yoki ikkinchi ko‘ylakni
ham qo‘shib tikadi. Foydani maksimumlashtirish bu oliy maqsad, lekin
bunga hamma ham muyassar bo‘lavermaydi. Bunga ishning ko‘zini
bilgan, uddaburon, bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida payqab, yangi
va xarajati past tovar chiqargan firmalar erisha oladilar.
Firma  bir  yerda  to‘xtab  qolmaydi.  U  iloji  boricha  o‘z  biznesi
kelajagini  ta’minlashi  zarur  bo‘ladi.  Bu  esa  investitsiya  (ingl.
invectment–  joylashtirish)siz bo‘lmaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling