41
Ishlab chiqarishdagi
foydalilik (rentabellik) darajasi (
Ri) foyda
normasi bo‘lib, ikki usulda aniqlanishi mumkin.
Birinchi usulda foyda miqdori (
F) ishlab chiqarishga qo‘yilgan
kapitalga (
K—asosiy va aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori)
bo‘linadi va foizlarda ifodalanadi. Bunda
100
F
Ri
K
=
×
. Masalan, firma
100 million so‘m kapital qo‘yib, 10 million so‘m foyda ko‘rsa,
rentabellik quyidagicha bo‘ladi:
10
100
100
10%
100
F
Ri
K
=
×
=
×
=
Bu olingan foyda firma sarflagan kapitalning necha foiziga teng
degan ma’noni bildiradi. Kapital firmaning bir yo‘la sarfi bo‘lsa,
uning joriy sarfi bo‘lgan xarajatlar ham bor. Rentabellik darajasini
hisoblashning ikkinchi usulida foyda miqdori joriy xarajatlar miqdori
(X ) bilan taqqoslanadi:
100
F
Ri
X
=
×
. Agar firmaning ishlab chiqarish
uchun qilgan joriy sarfi 15 million so‘m bo‘la turib 3 million so‘m
foyda ko‘rsa, rentabellik quyidagicha bo‘ladi:
3
100
100
20%
15
F
Ri
X
=
×
=
×
=
Rentabellik qayerda pul ko‘p foyda keltirsa, uning shu yerga
qo‘yilishini bildiradi. Ammo pul egasi oz bo‘lsa-da kafolatlangan
daromad topmoqchi bo‘lsa, pulining rentabelligi past, ammo bexavotir
foyda beruvchi sohaga yoki tezda ko‘p daromad topmoqchi bo‘lsa,
rentabelligi yuqori bo‘lgan, lekin riski ham katta sohaga qo‘yishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: