Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda
o‘zgarib turuvchi xarajatlarga o‘zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bular jumlasiga ijara haqi, foiz to‘lovlari, reklama haqi, garov puli, amortizatsiya ajratmasi, sug‘urtalash puli va oldindan to‘lanishi zarur bo‘lgan maoshlar kiradi. Bularning miqdori firmaning qancha mahsulot ishlab chiqarishiga bog‘liq emas va hatto firma ishlamagan taqdirda ham ular to‘lanishi kerak. Masalan, firma bankdan yiliga 10 foizdan to‘lash sharti bilan 100 million so‘m olgan, demak, u pul olganidan keyin uni ishlatadimi yoki yo‘qmi, baribir, bankka yiliga 10 million so‘m to‘lashi shart. Yoki binoni yiliga 500 ming so‘mga ijaraga olgan bo‘lsa, uni ham to‘lashi zarur. Shunday xarajatlar ham borki, ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarib turadi, bular jumlasiga ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i, yordamchi materiallar, butlovchi qismlar, transport xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ortsa ko‘payadi, qisqarsa kamayadi. Masalan, to‘qimachilik fabrikasi 100 million so‘mlik gazlama to‘qib chiqarish uchun 70 million so‘m sarf qildi. Shundan 30 million so‘m paxta tolasiga, 10 million so‘m bo‘yoqqa, 10 million so‘m elektroenergiyaga, 10 million so‘m ish haqiga sarf qilindi. Qolgan 10 37 million so‘m mashina-uskunalar amortizatsiyasi, ijara haqidan iborat. Aytaylik, fabrika gazlama to‘qib chiqarishni 20 foiz oshirib, mahsulot hajmini 120 million so‘mga yetkazdi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda paxta uchun 6 mln so‘m, bo‘yoq uchun 2 mln so‘m, elektroenergiya uchun 2 million so‘m, ish haqi uchun 2 million so‘m sarflaydi. Ammo bu ish uchun ijara haqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi, ular 10 mln so‘mligicha qoladi. Xarajatlar farqini anglash uchun quyidagi doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning chizmalarini solishtiramiz: 0 100 200 300 400 400 300 200 100 Ishlab chiqarish hajmi X a r a j a t 0 100 200 300 400 Ishlab chiqarish hajmi 400 300 200 100 X a r a j a t Birinchi chizmada ishlab chiqarish hajmi 0 dan 400 ga qadar o‘zgarganda doimiy xarajatlar o‘zgarmay 100 birligicha qolgan. Ikkinchi chizmada ishlab chiqarish hajmi 0 dan 400 ga qadar ortib borishiga monand ravishda xarajatlar ham 0 dan 400 birlikkacha ortib borgan. Firmani qiziqtiradigan narsa u yaratgan tovar yoki xizmat uning uchun qancha turishidir. Buni esa o‘rtacha xarajat bildiradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling