36
Misollardan xulosa chiqarsak, asosiy kapital g‘oyat sekin aylanadi.
Aylanma kapital ancha tez aylanadi.
4.2. Firma xarajatlari
Firmaga qo‘yilgan pul shaklidagi kapitalni bir yo‘la qilingan xarajatlar
yoki kapital sarflari desak bo‘ladi. Kapital aylanishi mobaynida qo‘yilgan
kapital zamirida firmaning joriy — qisqa muddatli xarajatlari shakllanadi.
Iqtisodda shunday qoida bor: xarajatsiz daromad bo‘lmaydi. Shu
qoidaga binoan firma foyda olish uchun xarajat qilishi shart, bu
amalda doimiy va aylanma kapitalning joriy sarfidir.
Resurslar sotib olish, tovar va xizmatlar yaratib, ularni sotish bilan
bog‘liq bo‘lgan qisqa muddatli sarflar firmaning xarajati deb ataladi.
Xarajatlar resurslarning bozor narxiga va ularni naqadar tejamli
ishlatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Muayyan vaqtda, masalan, bir yilda
qilingan jami sarflar yalpi yoki
umumiy xarajatlar bo‘ladi. Ular
doimiy
va
o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: