Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

4.7. Firmaning barqarorligi
Ishi yurishib ketgan firmaning ahvoli barqaror hisoblanadi, chunki
uning bankrot bo‘lish (sinish) xavfi bo‘lmaydi. Barqaror firmaning reytingi
yuqori bo‘ladi. Reyting (ingl. rating) baho berish degan ma’noni beradi.
Odatda reyting ko‘rsatkichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: firma
hisobotlarining ishonchli bo‘lishi, rentabellik, kapital miqdori va uning
aylanish tezligi, firmaning to‘lov qobiliyati, uning raqobatbardoshligi,


44
foydaning o‘sishi va uning taqsimlanishi, tovarlarning sotilish hajmi,
soliqlarni to‘lay bilish, qarzdorlik darajasi, dividend olish, investitsiya
qobiliyati va, nihoyat, bankrot bo‘lish ehtimoli.
Reyting firma ishiga berilgan umumiy baho bo‘lib, bu nafaqat
firma  egalari  uchun,  balki  u  bilan  aloqa  qiluvchi    firmalar,  soliq
idoralari  va  boshqalar  uchun  ham  g‘oyat  muhim.  Firma  ahvolini
baholovchi eng muhim narsa uning moliyaviy barqaror bo‘lishi, ya’ni
uning puli yetarli bo‘lishi va qarzga botmasligi hisoblanadi. Shu o‘rinda
firmaning likvidligi (frans.  liqudite —  suyuqlashuv) paydo  bo‘ladi.
Firmaning  likvidligi uning  o‘z majburiyatlari  yuzasidan pul  to‘lay
olishi, o‘z qarzini uzishga qodir bo‘lishidir. Likvidligi yuqori firmalar
rivojlanib ketadilar. Aksincha, likvidligi past firmalar bankrotlikka
yuz tutadilar (bankrotlik italyancha so‘z bo‘lib, banko+rotto singan
kursi degan ma’noni anglatadi).
Bankrotlik firmaning to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib sinishidir.
Barqaror firmalar kelajak sari shaxdam borsalar, bankrot bo‘l-
ganlar yarim yo‘lda qolib, halokatga uchragan kema singari g‘arq
bo‘ladilar.
Firmalardan birining rivojlanib ketib, boshqasining bankrot bo‘lishi
bozor iqtisodi uchun tabiiy hol hisoblanadi, chunki muqobil tanlovga
firmalar ham duch keladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling