39
Firma uchun faqat umumiy (yalpi) daromad emas, balki o‘rtacha
daromad ham muhim, chunki bu qanchaga tushgan bitta tovardan
qancha pul kelganini bildiradi. O‘rtacha daromad
(D
O‘
) — bu tovar
birligini sotishdan kelgan pul. Uni aniqlash uchun jami pul tushumi
(D) sotilgan tovarlar miqdoriga
(Q) bo‘linadi. Bunda
‘
O
D
D
Q
=
hosil
bo‘ladi. Agar firma 180 mln so‘mlik tushumni 20 ming dona tovar
sotishdan olgan bo‘lsa, bunda o‘rtacha daromad
180 mln
9
20 ming
‘
D
O
=
=
ming.
Firma qoqilmay-netmay ishlab ketishi uchun uning daromadi
xarajatlarni qoplashdan ortib qolishi va foyda olish imkonini berishi
kerak. Masalan, firmaning bitta tovar chiqarishi 7 mingga tushgan
holda undan kelgan o‘rtacha daromad 9 ming bo‘lgan. Demak, bunda
D
O‘
>X
O‘
bo‘lgan, ya’ni 9>7. Bunda 2 ming foyda bo‘ladi (9 – 7 =2).
4.4. Foyda
Foyda olishga intilmagan firma bo‘lmaydi. Xarajat qilishdan ham
maqsad foyda ko‘rishdir. Xo‘sh, foyda nima?
Do'stlaringiz bilan baham: