Zakovat intelektual shou
Download 20.46 Kb.
|
Zakovat intelektual shou
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 - savol Nemis yozuvchisi Gyote "butun insoniyat har jihatdan bir zotdan minnatdor bolmogi kerak" deb yozgan. Kimdan Javob: Paygambarimiz Muhammad (s.a.v)dan 7-savol
- Taqdirlanish marosimi
Zakovat intelektual shou Tayyorlandi : 240 – guruh talabalari Choriqulova Dildora Jumanazorava Ra’no Xoliqulov Hamro Zakovat shartlari quyidagicha : Maktab o‘quvchilaridan uch guruh bo‘lishlari so‘raladi : 3 ta guruh a’zolari o‘zlariga sardor tanlashadi . O‘z guruhlariga nom qo‘yishadi . Biz bergan savollarga 1 daqiqa mobaynida javob topib bizga taqdim etishadi. ( agar 1 daqiqadan ortiq vaqt ketib guruh javobini bermasa , javob olinmaydi). Zakovat mobaynida 10ta savol beriladi . Har bir to‘g`ri berilgan javobga 10 baldan guruhlar hisobiga yoziladi . 1 - Savol Londonda 1908 yilda Olimpiada o'yinlarida Aqsh va Buyuk britaniyaliklar orasida munozaralar kelib chiqdi. Bunga sabab Bu sport turida ishtirokchilar oyoq kiyimlari oddiy bo'lishi kerak ekanligi haqida tortishib qolishgan edi. Bunga sabab bu sport turida politsiyachilar o'z maxsus temir tishli oyoq kiyimda ishtirok etib g'olib bolishayotgandi. Bu esa oddiy oyoq kiyimdagilarga nisbatan g'irromlik edi. Diqqat savol: Siz menga u qaysi sport turi ekanligini maksimal aniqlikda ayting? #Javob : Arqon tortish :(1900 1920 yillari bu sport turi olimpiada o‘yinlariga kiritilgan edi) 2 - Savol Saudiya Arabistoniga olib kirilishi mumkin bo'lmagan bir nechta narsalar mavjud. Shuningdek, ular hayvonlardan itlarni olib kirishni taqiqlaydi, ammo shunga qaramay, ikki zotli itlarni olib kirishga ruxsat beradi. Birinchisi, maxsus ovga o'rgatilgan itlar, ikkinchisi esa bir ehtiyoj uchun olib kelinadi. Diqqat savol: ikkinchi turdagi itlarning ishini topasizmi? #Javob : Ko‘zi ojìzlar uchun Labrador zotli itlar ruxsat berilgan. 3- Savol Madagaskar qirolichasi Ranavalona o'z xizmatkorlariga uni "U" yerda bezovta qilmasliklarini buyurgan. Faqatgina o'zi chaqirsagina bezovta qilishga ruxsat etgan. Ammo bir qancha xizmatkorlari bu buyruqga boysunmagan va qattiq jazolangan. Ranavanolaning xizmatkorlari juda qiynalishgan, chunki, ular o'zlari qirolichani bezovta qilmaslikni qanchayin istashmasin baribir bezovta qilib qo'yavergan ekanlar. Diqqat savol Ranavalona ularni "Qayerda" bezovta qilmaslikni buyurgan? #Javob : Tushda 4 - Savol Aytish mumkinki yurtimizning birinchi prezidenti I.Karimov ham va xozirgi prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham BMT Bosh assambleyasida minbarga chiqqanlarida bir qancha ajoyib ğoya va takliflarni ilgari surganini guvoxi bo‘lamiz.So‘nggi BMT assambleyasi yiğilishida ham prezidentimiz so‘zga chiqdilar va bu tarixiy voqeaga asos bo‘ldi.Taklif va fikrlari uchun emas ............. Diqqat savol:Nima sababdan Prezidentimizning ushbu chiqishiga tarixiy voqea sifatida qaraldi❓❓❓ #Javob : Ilk bor prezidentimiz ushbu assambleyada o‘zbek tilida nutq so‘zladilar. 5 - savol Lola ko'pchilik xush ko'radigan gullar sirasiga kiradi. Uni tinchlik ramzi sifatida qadrlaymiz, ajablanarlisi shundaki, II jahon urushida ham lolani qadri baland bo'lgan. Savol : Nima uchun ? Javob: Piyozi ovqat o'rnida ishlatilgan 6 - savol Nemis yozuvchisi Gyote "butun insoniyat har jihatdan bir zotdan minnatdor bo'lmog'i kerak" deb yozgan. Kimdan ? Javob: Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan 7-savol Bir sportchi aytyapti: Agar barmoqlarim 1 sm ga uzun bo'lganda edi, men albatta g'olib bo'lar edim" Bu sportchi qaysi sport bn shug'ullangan ? Javob: Suzish 8- savol Kashmirda xizmat qilgan hindistonlik askar har kuni bankomatdan 100 rupiydan chiqarib olgan. Bu holat bir necha hafta davom etgan va kunlarning birida bankomat qorovuli askardan soʻragan: "Nega siz har kuni faqat 100 rupiyadan yechib ketasiz, birdan koʻproq pul yechib, uzoq vaqtga yetkazsangiz boʻladiku deb so‘ragan. Shunda asakar menim kartam xotinim telefoniga ulangan deb javob bergan.Diqqat savol: Siz bizga asakar nega bunday qilganini maksimal aniqlikda yozib bering? #Javob Tirik ekanligini bilishi uchun 9 -savol Yaponlar avval boshda uni ofislar uchun mebel deb qabul qilishgan. Xonadon mebeli deb qabul qilinmagan u jihozning nomi nima ? Javob: Stul. Izoh: Yaponlar uyida yerda o'tirishadi 10 -savol Butun dunyoda hozir terrorga qarshi amallar olib borilmoqda. Jumladan O'zbekistonda ham... Irlandiyada ham bu dastur ishlab chiqilgan. O'sha dasturga binoan Irlandiya aeroprot va vokzallarda bir narsa xizmatidan voz kechilgan. O'zi oddiy narsa bo'lsa ham katta xavf solishi mumkin deb o'ylashgan. Terroristlar portlovchi moddalarni tashlab ketishlari mumkin bo'lgan joyning nomini ayting Javob: Axlat qutisi Taqdirlanish marosimi 1 Eng ko‘p bal yig`gan guruh esdalik sovg`a sifatida kitob sovg`a qilinadi . Download 20.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling