Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


 Menejmentda axborot va texnikaning ahamiyati


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

5.5. Menejmentda axborot va texnikaning ahamiyati
Menejment  axborotsiz  bo‘lishi mumkin  emas,  chunki  axborot
bergan ma’lumotlarga tayangan holda boshqaruv qarorlarini qabul
qilish mumkin. Axborot orqali korxonaning o‘zida ishlarning qanday
borishi, korxona o‘z tovarlari bilan chiqadigan bozordagi vaziyatdan
xabar topish va shunga qarab ishlarni tashkil etish mumkin. Axborot
boshqarishda  qo‘l  kelishi  uchun  u  to‘la,  haqqoniy,  har  taraflama
bo‘lishi, muntazam kelib turishi talab qilinadi. Qayta ishlangan va
umumlashtirilgan axborot boshqaruv qarorlari uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Menejmentning har xil bo‘g‘inlariga turlicha axborot kerak bo‘ladi.
Masalan, umumiy menejmentga korxonaning ahvoli va rivojlanish
imkoniyati, bozordagi raqobat muhiti haqidagi umumiy axborot zarur
bo‘ladi. Funksional menejment uchun esa faqat uning aloqasi bor
sohalarga oid xususiy ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Axborot qayerdan
kelishiga qarab ichki va tashqi bo‘ladi. Ichki axborot — korxona va
uning turli bo‘g‘inlarining ishiga oid ma’lumotlardir. Тashqi axborot
bozorning ahvoli, undagi o‘zgarishlar, sheriklar va mijozlarning xatti-
harakati va davlat siyosatiga tegishli ma’lumotlardir.
Axborotga qarab ish yuritiladi. Masalan, raqiblar narxni o‘zgartirdilar,
degan axborot kelsa, korxona shunga tayanib o‘z narxini ham o‘zgartirish
haqidagi qarorga keladi. Ichki axborotga binoan xarajatlar oshayotgan
bo‘lsa, ularni pasaytirish choralari ko‘riladi: ishlovchilar soni (binobarin,
ish haqi xarajati) qisqartiriladi, xomashyo, yoqilg‘i, materiallarni tejash
chorasi ko‘riladi, arzon materiallar sotib olinadi.


53
Boshqarishda axborotni topish,
kerak  bo‘lsa  uni  sotib  olish,  uni
to‘plash, boshqalardan sir saqlash,
qayta ishlab, tegishli xulosalar chi-
qarish zarur bo‘ladi.
Umuman  boshqaruv,  xususan,
axborotni qayta ishlash samaradorligi
uchun texnikadan foydalaniladi, u
ikki guruhga bo‘linadi: 1) orgtexnika;
2) hisoblash texnikasi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling