Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish riski.
3.6. Тadbirkorlik riski
Risk inglizcha (risk) so‘z bo‘lib, tavakkalchilik degan ma’noni anglatadi. Riskka bozorning hamma ishtirokchilari kabi tadbirkorlar ham yo‘liqadi. Xo‘sh, risk nima? Savdo-moliya va servis sho‘ba korxonasi Neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi sho‘ba korxona Neft xoldingi (bosh korxona) Neftni qayta ishlovchi sho‘ba korxona Geologiya-qidiruv sho‘ba korxonasi Neft qazib oluvchi sho‘ba korxona Risk iqtisodda bor narsa, lekin bir firma riski katta bo‘lsa, boshqasiniki kichik bo‘ladi. Riskning sababi bozorda noaniqlik bo‘lishidir. Firmalar g‘oyat ko‘p, ular bir-biridan alohida, mustaqil ish yuritadi, o‘zaro raqobatlashadi, bir firma boshqasi nima ish qilishini oldindan bilmaydi, ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi vosita bozordir, ular nima qilganligi bozorda ma’lum bo‘ladi. Firmalar yaxshi ishlagan bo‘lsa, tovarlari sotiladi, foydasi ko‘payadi, yomon ishlagan bo‘lsa, buning aksi yuz beradi. Firma bozordan kelgan signal — axborotga qarab ishlaydi. Bu axborot simmetrik va asimmetrik bo‘ladi. Simmetrik axborot — bu haqiqiy bo‘lib, bozordagi real holatni bildiradi. Asimmetrik axborot bozordagi holatni to‘la va real aks ettirmaydi. Axborot haqiqiy bo‘lmay, vaziyatni chala aks ettirgan holda firma unga binoan ish qilganida riskka duch keladi. 33 Firma riskining uch turi bor: 1. Ishlab chiqarish riski. Bunda firma o‘zi ko‘zlagan miqdordagi va turdagi mahsulotlarni ishlab chiqara olmaydi. 2. Тijorat riski. Bunda firma o‘z tovarlarini mo‘ljallangan hajmda va narxda sota olmay qoladi. 3. Moliyaviy risk. Bunda firma kutilgan foydaga erisha olmaydi yoki zarar ko‘radi, aksiyasini yaxshi pullay olmaydi, soliq ortib ketadi, davlatdan kutgan moliyaviy yordami kamayadi yoki umuman tegmaydi. Bizneschilar riskka turlicha qaraydi. Ulardan birlari riskka borishga tayyor turishadi, xatar borligini bilaturib tavakkaliga ish boshlaydi. Boshqalari riskka befarq qaraydilar. Yana boshqalari umuman riskni xush ko‘rmay, uni chetlab o‘tishga intiladilar. Risk katta bo‘lganda unga borish katta foyda keltirishi mumkin, lekin xatar ham ko‘p bo‘ladi. Riskka borilmaganda kam foyda bilan qanoatlanishga to‘g‘ri keladi, lekin xotirjamlik bo‘ladi. Odatda yirik va baquvvat firmalar riskka ko‘proq boradilar, kichik va zaif firmalar xonavayron bo‘lmaslik uchun risk qilmaslikka moyil bo‘ladilar. Ammo hech kim riskdan kafolatlanmaydi, lekin uning oldini olish yoki kamaytirish mumkin. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling