Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

b) Mas’uliyati cheklangan firma. Uning kapitali sheriklarning pay
puli (hissasi) hisobidan shakllanadi. Shunday firmalar nomiga «limited»
degan  so‘z  qo‘shiladi,  bu  inglizcha  «cheklangan»  degan  ma’noni
bildiradi.  Bunday  firmaning  majburiyati  faqat  dastlabki  (nizom)
kapitali  bilan  ta’minlanadi.  Uning  to‘lov  majburiyatidagi  bundan
ortiqcha bo‘lgan qarzni hech qanday yo‘l bilan undirib bo‘lmaydi.
Mas’uliyati cheklangan firmalarning hozirda eng keng tarqalgan shakli
aksiyadorlik — hissadorlik jamiyatlari (AJ) yoki korporatsiyalardir.
Jamiyat kapitaliga qarab maxsus qiymatli qog‘oz — aksiya chiqaradi.
Aksiyani  sotib  olganlar  hissadorlarga  aylanadilar  va  foydadan  o‘z
hissasi — ya’ni aksiyasi miqdoriga qarab dividend degan daromad
oladilar. Hissadorlik jamiyatlari 2 xil bo‘ladi: 1) yopiq jamiyat, uning
aksiyalari  ma’lum  kishilar,  masalan,  faqat  korxona  ishchi  va
xizmatchilariga sotiladi; 2) ochiq jamiyat, uning aksiyalari hamma
xohlovchilarga erkin sotiladi. Aksiya egasi korxonada ishlashi shart
emas.  Firmalar  birlashmasi  ham  bo‘ladi.  Bularning  eng  ko‘p
uchraydigan turi xoldingdir. Xoldingdagi bosh korxonani ona korxona
deb  ataydilar.  Uning  atrofida  bola  korxonalar  (qiz  korxonalar)
birlashadi. Xoldingning maqsadi korxonalar mustaqilligi saqlangan
holda  ular  ishini  muvofiqlashtirish bo‘ladi.  Misol  uchun  quyidagi
chizmadan neft xoldingi tarkibini ko‘rib chiqamiz:


32

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling