Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


 Iqtisodiy mas’uliyat va majburiyatni o‘z zimmasiga olib, qo‘rqmay


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

3. Iqtisodiy mas’uliyat va majburiyatni o‘z zimmasiga olib, qo‘rqmay
tavakkaliga ish qila bilish. Iqtisodda kutilmagan va hatto ko‘ngilsiz
hodisalar  ehtimoli  mavjud.  Тadbirkorlikka  qo‘l  urganlar  bundan
cho‘chimay, belgilangan maqsad sari intilishlari talab qilinadi.
4.  Mehnatkash  bo‘lish,  doimo  izlanishda  bo‘lib,  novatsiya
(yangilik)ga intilish. Busiz tadbirkorlik iqtisodni rivojlantiruvchi kuch
bo‘la olmaydi. Тadbirkorlikni tinib-tinchimas chumolilar va asalarilar
ishiga qiyoslash mumkin.
5.  Halol  biznes  qilish.  Тadbirkorlik  qonun-qoidalar  asosida,
madaniy usullarda olib boriladi, bu yerda g‘irromlikka yo‘l beril-
maydi. Bizneschilar obro‘-e’tiborli, ya’ni imijiga ega bo‘lishlari va
buni e’zozlab, o‘z sha’niga dog‘ tushirmasliklari talab qilinadi.
6.  Тadbirkorlik  sirining  (kommersiya  siri  deb  ham  yuritiladi)
saqlanishi. Biznes ishining o‘z nozik tomonlari borki, ular raqobatda
qo‘l keladi va raqiblardan sir saqlanishi kerak.
Shu qoidalarga rioya etgan holda biznes qiluvchi kishilar tadbir-
korlar toifasini tashkil etadi.
3.4. Firmalar
Тadbirkorlik aksariyat hollarda firmalar doirasida boradi. Firma inglizcha
(firm) so‘z bo‘lib, kommersiya korxonasi degan ma’noni bildiradi. Firma
sanoat, transport, savdo-sotiq yoki qurilish sohasidagi korxona. Qishloq
xo‘jaligidagi korxona esa fermer xo‘jaligi va agrofirma deb yuritiladi.


30
Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo‘lib, bu yerda firma egalari,
firmaning  menejerlari  (boshqaruvchilari)  va  yollanib  ishlovchilar
birlashadi. Ularni birlashtiruvchi kuch — bu firma jamoasining foyda
topishdan iborat guruhiy manfaatining umumiyligidir.
Mulkiy jihatdan firmalar 4 xil bo‘ladi: xususiy, davlat, jamoa va
aralash (xorijiylar ishtirokidagi) firmalar.
Korxonadagi mol-mulk firma egasiga qarashli bo‘ladi, lekin firma
sohibi yakka bir kishi bo‘lishi shart emas, u bir necha sohiblarning
sherikchiligidagi mulki bo‘lishi ham mumkin. Menejerlar mulkdor
nomidan firmani boshqarish bilan shug‘ullanadilar. Yollanib ishlov-
chilar — bular ishchi va xizmatchilar bo‘lib, ular o‘z mehnati bilan
mahsulot yaratadilar yoki xizmat ko‘rsatadilar.
Firmaning 3 ta asosiy belgisi mavjud:
1.  Firma  mehnat taqsimotida o‘z  o‘rniga ega,  ya’ni muayyan
vazifalarni bajaradi. U ixtisoslashgan, hamma ish bilan emas, balki
o‘ziga birkitilgan, ayrim ish bilan shug‘ullanadi. Firma bir yoki bir
necha turdagi mahsulot chiqaradi, muayyan turda xizmat ko‘rsatadi,
bozorning ma’lum qismida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda 25—30
mln xil mahsulot va xizmatlar bo‘lib, bularni, shubhasiz, millionlardan
iborat firmalar yaratadi.
2.  Firmalar ishlab  chiqarishning  dastlabki  bo‘g‘ini,  xuddi  shu
yerda talab-ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlar chiqariladi, tovar ishlab
chiqaruvchi o‘zi uchun emas, bozorda  sotish uchun mahsulot va
xizmatlarni yaratadi.
3. Firma iqtisodiy mustaqil bo‘ladi, ya’ni nimani, qancha va qanday
ishlab chiqarishni, uni kimga va qanchadan sotishni, daromadni qanday
ishlatishni o‘zi hal qiladi. Тashqaridan turib hech kim unga tazyiq
o‘tkaza olmaydi, u faqat bozor talabiga binoan ishlaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling