Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
3.2. Bizneschilar
Biznes bilan hamma emas, balki pul topish qobiliyati borlar shug‘ullanadi. Pulni sarflash hammaning qo‘lidan keladi, ammo pulni topish, uni ko‘paytirib borish noyob qobiliyat talab qiladi. Buni tadbirkorlik qobiliyati deydilar. Bu tug‘ma qobiliyat bo‘ladi. Shunday qobiliyat ozchilikda bo‘ladi va ular bizneschiga ay- lanadilar. Hozirgi kunda maktabni bitiruvchilarning ko‘pi bilan 5—8 foizi biznesga kirib boradi. Biznes bilan shug‘ullanuvchilar har xil: 1) Individual yoki yakka tartibda, ya’ni shaxsan o‘zi va oilasi bilan biznes qiluvchilar; 2) Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar; 3) Davlat biznesi — davlat nomidan biznes qilish. Individual biznes eng ko‘p tarqalgan va ko‘pchilikni qamrab oluvchi biznes, u xususiy mulkchilikka tayanadi. Jamoadagi biznes ham rivoj topgan. U shirkatlar, kooperativlar, aksioner jamiyatlari doirasida yuz beradi. Davlat biznesi esa cheklangan, o‘ta muhim sohalarda saqlangan. O‘zbekistonda ham biznesning turli shakllari bor. Biznesning asosiy shakllari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan: 28 O‘zbekistonda biznesning tashkiliy shakllari Jamoa bo‘lib biznes qilish Davlat nomidan biznes qilish Individual biznes Kichik korxonalar Davlat korxonalari Yakka tartibda ishlash Koopera- tivlar Aksioner jamiyatlar Fermer xo‘jaligi Davlat ishtirokidagi aksioner jamiyatlar Tomorqa xo‘jaligi Shirkatlar Agrofir- malar Dehqon xo‘jaligi Biznesni ishlab chiqarishdagi korxonalar va xo‘jaliklar ishi bilan cheklab bo‘lmaydi, chunki qayerda pul topish mumkin bo‘lsa, o‘sha yerda biznes bo‘ladi. Pulli universitetlar (masalan, AQSHdagi Garvard universiteti), kollejlar, maktablar, kasalxonalar, o‘yingoh, konsert zallari, kinostu- diyalar, sport klublari ham biznes bilan shug‘ullanadi. Sport klublari sport o‘yinlari va janglarini ko‘rsatib pul oladilar, bularni ko‘rsatish huquqini telekompaniyalarga sotadilar, bular yuzasidan qimor o‘ynab tikilgan puldan ulush ko‘radilar, reklama uchun pul oladilar, sport- chilarni tayyorlab sotadilar (masalan, boy futbol klubi zo‘r o‘yinchini 20, 50 va hatto 80 mln dollarga sotib oladi). Xullas, qayerdan pul topishga kimning imkoni bo‘lsa, shu biznes bilan shug‘ullanadi. Ammo biznes bilan har xil darajada band bo‘lishadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling