III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zlarning to‘g‘risini
topib o‘rniga qo‘ying:
a) Bozor mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishdan ...............ga
yetkazib beradi;
b) Тalabning ikki asosiy turi bor, bular .......... va .................. talabidir;
d) Me’yoriy naflilik — bu ............. beradigan naflilikdir;
e) Тalab elastik bo‘lganda u ................ nisbatan tezroq o‘zgaradi.
2. Quyidagi savollarga javob topishga urinib ko‘ring:
a) Minitraktor 8 mln so‘m turadi, bir fermerning 8 mln so‘m puli
bor, boshqasiniki 5 mln so‘m. Kimning traktorga talabi bor?
b) Bir quti gugurt narxi 40 so‘mdan 50 so‘mgacha ortdi. Gugurtga
talab o‘zgaradimi?
d) Тayyor tovar narxi 10 foizga, uni ishlab chiqarishga zarur resurslar
narxi 12 foizga oshsa, taklif qanday sharoitda ortishi mumkinligini aniqlang.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |