Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

3-BOB. ТADBIRKORLIK
3.1. Biznes va uning turlari
Bozor iqtisodiyoti biznesga asoslanadi. Biznes inglizcha (business)
so‘z bo‘lib, ish, faoliyat, mashg‘ulot degan ma’noni anglatadi. Biznes-
ga iqtisod ilmida quyidagicha ta’rif beriladi:
«Biznes  —  bu  ayrim  kishilarning  yoki  korxona-tashkilotga
birlashgan kishilarning tavakkaliga pul qo‘yib, undan foyda ko‘rishga
yoki puldan pul chiqarib olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatidir».
Biznesni  tadbirkorlik  va  ishbilarmonlik  deb  ham  ataydilar.
Biznes degani keng ma’noda pul topishni, pul qilishni bildiradi.
Ammo bu har qanday yo‘l bilan pul topish emas, balki kishilarga
naf keltiradigan, ularning hojatini chiqaradigan, og‘irini yengil
qiladigan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir. O‘g‘rilik, bosqin-
chilik, reket yoki qalloblik yo‘li bilan ham pul topiladi, lekin bu biznes
emas.
Biznes  —  bu  kommersiya  ishi,  ya’ni  tekinga  emas,  balki  pulga
ishlashdir. Ammo biznes yollanib ishlashdan farq qiladi. Biznesmen,
ya’ni bizneschining o‘z ishi  bor, u  mustaqil, o‘z  kapitaliga ega, uni
bironta ishga qo‘yadi, u birovga qaram emas. Yollanib ishlovchining
o‘z ishi yo‘q, birovlarning qo‘lida ishlaydi, kapital sohibi ham emas, u
ish beruvchiga qaram.
Biznesda yaratuvchilik bo‘lganda tadbirkorlik kelib chiqadi. Masalan,
yer, pul, uy yoki avtomashina egasi uni o‘zi ishlatib xizmat ko‘rsat-
ganda yoki mahsulot yaratganda u tadbirkor bo‘ladi.  Agar bu mulk
egasi uni ijaraga bersa, ijaraga olib ishlatuvchi, ya’ni tovarlar va xiz-
matlar yaratuvchi tadbirkorlik qilgan bo‘ladi. Mulk egasi esa ijara biznesi
bilan shug‘ullangan bo‘ladi, lekin tadbirkor emas. Katta puldorlar ham
borki, ular pulidan kelgan foiz hisobidan boylik orttiradilar yoki pulini
(ko‘pincha valutani) qarzga berib sudxo‘rlik qiladilar. Bular ham pultopar
bizneschilar, lekin tadbirkorlar emas.
Biznes — eng avval qonuniy yo‘l bilan, ruxsat berilgan ish bilan
shug‘ullanib  pul  topishdir.  O‘zining  xarakteriga  qarab  biznes
ochiq — qonuniy va yashirin — g‘ayriqonuniy bo‘ladi. Ruxsat berilgan
biznes qonuniydir, u oshkora olib boriladi. Ochiq biznes – bu kishilar
hayotini farovon qiladigan faoliyatdir. Yashirin biznes qonun yo‘li
bilan taqiqlangan biznesdir. Bunga misol qilib narkobiznesni va qurol-


27
yarog‘ biznesini olish mumkin, bular kishilarning, ayniqsa, yoshlarning
sog‘lig‘iga putur yetkazadi, ularni yomon yo‘lga boshlaydi.
Biznes  turlari  uning  natijasida  qanday  tovar  va  xizmatlar
yaratilishiga va qaysi sohada yuz berishiga qarab farqlanishi quyidagi
chizmada ko‘rsatilgan:
Sanoat  biznesi
Agro  (qishloq
xo‘jaligi)  biznesi
Sayohat  biznesi
Moliya  biznesi
Savdo  biznesi
Tibbiyot  biznesi
Sport  biznesi
Biznes  turlari
Shou  (tomosha)
biznesi
Pulli  —  kommersiya  faoliyat  turlari  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,
shunchalik biznes turlari ham ko‘p bo‘ladi, biznes miqyosi kengayadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling