30
Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo‘lib, bu yerda firma egalari,
firmaning menejerlari (boshqaruvchilari) va yollanib ishlovchilar
birlashadi. Ularni birlashtiruvchi kuch — bu firma jamoasining foyda
topishdan iborat guruhiy manfaatining umumiyligidir.
Mulkiy jihatdan firmalar 4 xil bo‘ladi:
xususiy, davlat, jamoa va
aralash (xorijiylar ishtirokidagi) firmalar.
Korxonadagi mol-mulk firma egasiga qarashli bo‘ladi, lekin firma
sohibi yakka bir kishi bo‘lishi shart emas, u bir necha sohiblarning
sherikchiligidagi mulki bo‘lishi ham mumkin. Menejerlar mulkdor
nomidan firmani boshqarish bilan shug‘ullanadilar. Yollanib ishlov-
chilar — bular ishchi va xizmatchilar bo‘lib, ular o‘z mehnati bilan
mahsulot yaratadilar yoki xizmat ko‘rsatadilar.
Firmaning 3 ta asosiy belgisi mavjud:
1. Firma mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega, ya’ni muayyan
vazifalarni bajaradi. U ixtisoslashgan, hamma ish bilan emas, balki
o‘ziga birkitilgan, ayrim ish bilan shug‘ullanadi. Firma bir yoki bir
necha turdagi mahsulot chiqaradi, muayyan turda xizmat ko‘rsatadi,
bozorning ma’lum qismida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda 25—30
mln xil mahsulot va xizmatlar bo‘lib, bularni, shubhasiz, millionlardan
iborat firmalar yaratadi.
2. Firmalar ishlab chiqarishning dastlabki bo‘g‘ini, xuddi shu
yerda talab-ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlar chiqariladi, tovar ishlab
chiqaruvchi o‘zi uchun emas, bozorda sotish uchun mahsulot va
xizmatlarni yaratadi.
3. Firma iqtisodiy mustaqil bo‘ladi, ya’ni nimani, qancha va qanday
ishlab chiqarishni, uni kimga va qanchadan sotishni, daromadni qanday
ishlatishni o‘zi hal qiladi. Тashqaridan turib hech kim unga tazyiq
o‘tkaza olmaydi, u faqat bozor talabiga binoan ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: