Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

2.3. Me’yoriy  naflilik  qonuni
Bozordagi xaridor (iste’molchi) o‘ziga kerakli tovarni tanlov asosida
xarid etadi. Тovarning kerakligi uning naqadar nafli bo‘lishini bildiradi.
Тovarning  nafliligi  deganda  uning  iste’mol  etishdan  xaridor  oladigan
qoniqish  tushuniladi.  Bu  qoniqish  ham  individual  bo‘ladi,  chunki
kishilarning didi, ko‘nikmasi va ta’bi bir xil bo‘lmaydi. Bir kishi bir tovarni
xush ko‘rsa,  boshqasi  buni xush  ko‘rmaydi, aksincha,  boshqa  tovarni
afzal deb topadi. Tovarning nafliligini uning bir qator xossalari, chunonchi,
uning dizayni, modada bo‘lishi, iste’mol etishdagi qulayligi, uzoq xizmat
qilishi, ekologik tozaligi, sog‘liq uchun foydaliligi va boshqalar tashkil
etadi. Masalan, muzlatkichning nafliligini uning katta-kichikligi, qancha
joyni egallashi, shovqinsiz ishlashi, elektroenergiya qanchalik sarflanishi,
necha kamerali  bo‘lishi,  qancha  vaqt  ta’mirsiz  ishlay olishi,  bo‘lg‘usi
ta’mir necha pul turishi, yong‘indan xavfsiz bo‘lishi kabilar belgilaydi.
Тovarning  nafliligi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  shunchalik  uning
iste’molidan olinadigan qoniqish ham yuqori bo‘ladi, binobarin uni
afzal ko‘rishadi. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo
tovarlarni iste’mol etishda  umumiy qoniqish ham bor  va u bozor
holatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling