102
olinganda. Bundan tashqari, depozitdagi pulni bir hisob varag‘idan
boshqasiga o‘tkazib qo‘yish bilan ham to‘lov operatsiyasi bajariladi.
Masalan, bir firma boshqasidan metall sotib oladi. Bunda xaridor
firmaning «Paxta bank»idagi puli sotuvchi firmasining «Biznes
bank»dagi hisob varag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi. Bu bilan ora ochiq bo‘ladi.
Bank xizmatidan foydalanib o‘z ishini bitiruvchilar
bank mijozlari
deb yuritiladi. Bular jumlasiga firmalar, davlat idoralari, jamoat
tashkilotlari, fuqarolar, chet elliklar kiradi. Ularning pulini bank kerakli
joyga o‘tkazib beradi.
Bank
bir to‘lovni ikkinchi to‘lov bilan qoplash ishini ham ado
etadi. Agar «A» firma «B» firmadan 2 million so‘m qarz bo‘lsa, o‘z
navbatida «A» firmadan «D» firma 2 million qarz, deylik. Bank «D»
firmaning puli bilan «A» firmaning qarzini qoplaydi. Bunday ishni
bajarish
kliring operatsiyasi deyiladi.
Banklar o‘z mijozlariga
kredit kartochkalari beradi. Shu kartochka naqd
pul yoki chek o‘rniga o‘tadi. Тovar xarid etilganda uning haqi kredit
kartochkasida ko‘rsatilgan puldan chegirib olinadi, mijozning hisob varag‘i
turgan bankdan savdo firmasining hisob varag‘i bor bankka o‘tkazib qo‘yiladi.
O‘zbekistonda ish haqining bir qismi plastik kartochkalarga o‘tkaziladi.
Banklar o‘z mijozlariga qulaylik yaratish uchun
naqd pul beri-
Do'stlaringiz bilan baham: