10.8. Bank turlari
Banklar bajaradigan ishining mazmuniga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
markaziy banklar, kommersiya (tijorat) banklari.
Markaziy banklar faqat davlatga qarashli bo‘ladi. Bu bankning
asosiy vazifalari quyidagicha:
— Muomalaga pul chiqarish, ya’ni emissiya (lot. emiso — chiqarish)
markazi bo‘lish; davlat xazinasini, valuta boyligini saqlash, davlatning
xazinaboni bo‘lish; davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish; bank
ishi, umuman, kreditga oid qoida-tartiblarni belgilab, ularning
bajarilishini nazorat qilish.
Bular orasida pul muomalasini tartiblab turish birlamchi bo‘ladi,
chunki sog‘lom (qadri barqaror) pul sog‘lom iqtisodiyot demakdir.
Iqtisodiyotda shunday qoida bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |