109
Ijtimoiy ne’matlar — bu davlat tomonidan hammaga birdek va tekinga
ko‘rsatiladigan hamda birgalikda iste’mol etiladigan xizmatlardir.
Davlat iste’moli uning ixtiyoriga kelgan resurslarni ijtimoiy
ne’matlar yaratish yo‘lida ishlatilishidir.
1. Ijtimoiy ne’matlar yoki xizmatlarni yaratib, bulardan jamiyatni
bahramand qilish.
Bular jumlasiga mamlakatni mudofaa qilib, tashqi xavfsizlikni
ta’minlash, mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlab, ichki
xavfsizlikni ta’minlash, ekologiyani himoya qilish, bepul tibbiy va ta’lim
xizmatlari kiradi. Mazkur xizmatlar hammaga birdek ko‘rsatiladi, ular
yakka tartibda emas, faqat birgalikda iste’mol etiladi. Masalan, armiya
yoki militsiya xizmatidan hamma birgalikda foydalanadi. Hammabop
xizmatlarni yaratish uchun davlat firmalar va xonadonlardan resurslar
sotib oladi, ular turli tashkilotlar va idoralarda xalqqa xizmat ko‘rsatish
uchun ishlatiladi. Bu davlat iste’molini yuzaga keltiradi.
Davlat o‘z hisobidan xizmatlarni qanchalik ko‘p ko‘rsatsa,
shunchalik uning iste’moli ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: