13.3. Xalqaro savdo-sotiqning afzalligi
Jahon bozoridagi tovar ayirboshlashni mamlakatlararo mehnat
taqsimoti, ya’ni ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi yuzaga keltiradi.
Qaysi bir mamlakatda qaysi tovarlarni sifatli va kam xarajat bilan
yaratish uchun imkon bo‘lsa, shu tovar tashqariga chiqariladi. Nimaniki
mamlakat ichida ishlab chiqarish uchun qulay sharoit bo‘lmasa, uning
o‘rniga tovar tashqaridan keltiriladi. Masalan, Quvayt uchun neftni,
Yaponiya uchun mashinalarni, AQSH uchun samolyotlarni,
O‘zbekiston uchun paxtani, Hindiston uchun choyni ishlab chiqarish
qulay bo‘lganidan ularni eksport qilish afzal ko‘riladi.
Ixtisoslashuv mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini oshiradi.
Masalan, bir mamlakatda bir dona telefon apparati yig‘ish uchun
20 minut, boshqasida 30 minut sarflanadi. Magnitofon yaratish uchun
esa bir yerda 5 soat vaqt ketsa, boshqa yerda 4 soat kerak. Agar
ularni ishlab chiqarishga eng kam vaqt sarflanadigan yerda ko‘plab
magnitofon tayyorlansa, ularga bo‘lgan talab to‘la qondiriladi.
Hozirda jahon xo‘jaligida ixtisoslashuv g‘oyat rivojlangan.
Ixtisoslashuv tayyor mahsulot ishlab chiqarish doirasidan chiqib,
butlovchi qismlar va mayda detallarni tayyorlashni ham o‘z ichiga
oladi. Masalan, texnikaviy murakkab mahsulotni, aytaylik, televizorni
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qism va detallarni
o‘nlab mamlakatlardagi korxonalar yetkazib beradi. Ixtisoslashuv u
yoki bu tovarni jahon bozoriga chiqarib, kerakli tovarni o‘sha yerdan
olishni iqtisodiy jihatdan ma’qullaydi. Xalqaro savdo-sotiq iqtisodiy
naf ko‘rish maqsadida olib boriladi.
Naf ko‘rish savdo-sotiqning foydali bo‘lishidir. Iqtisodiyotda
taqqosiy afzallik qonuni bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |