III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zlarni topib o‘z o‘rniga
qo‘ying:
a) Daromad — bu iqtisodiyot subyektining.......dagi hissasidir;
b) Ish haqi mehnatdan kelgan daromad sifatida 2 narsaga bog‘liq,
bular ... va ... dir;
d) Bozor iqtisodiyotiga daromadlarning ... xosdir;
e) Тurmush sifatini 2 narsa belgilaydi, bular ... va ... iboratdir.
2. Quyidagilarni hisoblab toping:
a) Aholi daromadlari 30 milliard dollar, shundan ish haqi 20,0 milliard,
ish haqiga qo‘shilgan mukofotlar 1,5 milliard, ijara haqi — 2,5 milliard;
foiz —2,5 milliard, dividend — 2 milliard, pensiya, nafaqa va stipendiya
1,5 milliard dollar. Mehnatdan kelgan daromad hissasini aniqlang;
b) Mamlakatda 5 yil ichida iste’mol tovarlarining narxi 48 foizga
oshdi, aholining pul daromadi 72 foizga oshdi. Shu davrda real daromad
qanday o‘zgarganligini hisoblab chiqing.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |