Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

12.6. Turmush darajasi
Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad
topish  tirikchilikning  vositasi  hisoblanadi  va  turmush  darajasini
ifodalaydi.
Тurmush  darajasi  insonning  hayotiy  ehtiyojlarini  qondirilish
me’yoridir.
Тurmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tovarlar
va xizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. Shu nuqtayi
nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromad bo‘lib, inflatsiya
hisobidan  o‘sadi.  Lekin  turmush  darajasini  ifodalamaydi,  chunki
qancha  noz-ne’matlar  iste’mol  etilishi  narx-navoga  ham  bog‘liq.
Haqiqiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanadi.


127
Real daromad iste’mol  tovarlari va xilma-xil  xizmat narxining
o‘zgarishini  hisobga  oluvchi  daromad  bo‘lib,  pul  daromadi  xarid
qobiliyatini  bildiradi,  turmush  darajasini  umumlashgan  holda
tavsiflaydi.
Jamiki pul daromadlari (brutto daromad)dan turli to‘lovlar (soliqlar
va ixtiyoriy to‘lovlar) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi qo‘lga
tekkan yoki sof (netto) pul daromadini hosil etadi:
Mana shu sof daromadga narxlarni nazarda tutganda nima berilishi
real daromad bo‘ladi.
Real  daromadni  umumiy  pul  daromadining  miqdori,  pul
daromadidan chegirmalar miqdori, narx-navodagi o‘zgarishlar bel-
gilaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling