Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Mulkdan kelgan daromad dividend, foiz va ijara haqidan iborat
bo‘ladi. Dividend foydaning taqsimlanishi natijasida yuzaga keladi.
Bunda  aksioner  korxonadagi  foydaning  bir  qismi  aksiya  egalariga
dividend sifatida  beriladi va  ular daromadiga  aylanadi. Aksiyadan
kelgan daromad me’yori (D
1
) 2 xil aniqlanadi. Birinchi usulda dividend
(d) summasi aksiyaning umumiy qiymati (P) bilan taqqoslanib, foizda
ifoda  etiladi.  Bunda 
1
100
d
D
P
=
×
  bo‘ladi.  Dividend  miqdori  150
ming  so‘m  bo‘lgani  holda,  aksiya  summasi  6  mln  so‘m  bo‘lsa,
1
150
100
2, 5%
6000
=
×
=
D
  kelib  chiqadi. Ikkinchi  usul  aksiya  sotilgan
chog‘ida qo‘llaniladi. Bunda aksiyaning daromadliligini (D
1
) bilish
uchun aksiya olingan (P
1
) va sotilgan (P
2
) narxi hosil etgan farqni
(P
2
P
1
) aksiyaning xarid etilgan narxiga bo‘linadi.
Aksiya egasining har biri 100 so‘mdan olingan 100 ta aksiyasi bor.
Bu aksiya qayta sotilganda, uning har biri 105 so‘mdan ketdi. Bunda
hosil bo‘lgan farq har aksiyada 5 so‘m (105—100=5). Barcha aksiya
summasida (105x100)—(100x100) yoki 10500 — 10000=500 bo‘ladi.
Demak, sotilish chog‘ida aksiya bergan daromad 
1
500
100
5%
10000
=
×
=
D
bo‘ladi.
Aksiya  keltiradigan  dividendni  uning  egasi  bo‘lgan  kichik
aksiyadorlar,  ya’ni  oddiy  ishchi  va  xizmatchilar  ham  oladi.  Agar
aksiyadorlar qanchalik ko‘p bo‘lsa va aksioner korxonalar qanchalik
yuqori  rentabelli  bo‘lsa,  shunchalik  dividend  ham  ko‘p  bo‘ladi.
Masalan, 2000-yil AQSH aholisining deyarli 40 foizi aksiyador bo‘lib,
bundan talaygina daromad topgan.
Foiz  —  pul  egasi  o‘z  pulini  o‘zgalarga  qarzga  bergani  uchun
oladigan  daromadi.  Foiz  qarzga berilgan  pul  summasiga  nisbatan
ulush darajasida belgilanadi. Masalan, foiz qarz puliga nisbatan yuzdan
o‘n hissa (10%) bo‘lsa, uning egasi har bir so‘m puli uchun 10 tiyin
oladi, agar yuzdan o‘n besh hissa (15%) bo‘lsa, 15 tiyin oladi. Foizning
yalpi  miqdori,  birinchidan,  uning  darajasiga,  ikkinchidan,  qarzga
berilgan pul miqdoriga bog‘liq. Foizning daromadlardagi hissasi ortib
boradi,  chunki  aholi  pulining  bir  qismi  xarajatlardan  ortib  qolib,
daromad ko‘rish uchun bankka qo‘yiladi. XX asr mobaynida AQSHda
foizning aholi yalpi daromadidagi hissasi 2 marta oshganligi ma’lum.


123

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling