Bozor iqtisodiyotida amal qiladigan taqsimot qonuniga ko‘ra
kishilar iqtisodiyot subyektlari sifatida jamiyatda yaratilgan mahsulot
va xizmatlardagi o‘z ulushini resurslarni naqadar samarali ishlata
olishlariga qarab daromad shaklida oladilar.
Тaqsimotning bozor usuliga ko‘ra, har bir kishining daromadi
uning tovarlar va xizmatlar yaratishga qo‘shgan hissasiga teng bo‘ladi.
Bunday daromad bozor daromadi deb yuritiladi. Ammo taqsimotdagi
insonparvarlik tamoyilidan kelib chiqadigan nobozor daromadi ham
bo‘lib, u ishlab topilmay, balki yordam shaklida muhtojlarga beriladi.
Bu tamoyil, birinchidan, iqtisodiy imkoniyatlarni, ikkinchidan, nochor
aholining muhtojligini hisobga oladi. Muhtojlar ishlamasa yoki kam
ishlasalar-da, davlat, jamoat tashkilotlari va firmalar tomonidan
berilgan nafaqaga ega bo‘ladilar.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |