Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda,
narx darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Yalpi – brutto
pul daromadi
Majburiy va
ixtiyoriy to‘lovlar
Sof – netto pul
daromad
Narx o‘zgarmagan yoki pasaygan sharoitda pul daromadi ko‘paysa,
real daromad ham ko‘payadi. Agar pul daromadi o‘zgarmay turib
narx oshsa, real daromad pasayadi, narx pasaysa, aksincha, u ortadi.
Pul daromadi va narxlar oshishi real daromadga qarama-qarshi
yo‘nalishda ta’sir etadi. Real daromadning oshgan yoki pasayganligi
real daromad (Dr) indeksida ifoda etiladi va pul daromadi indeksining
(Di) narx indeksiga (Pi) nisbatidan iborat:
Di
Dr
Pi
=
Masalan, muayyan davrda sof pul daromadi 2,6 marta, narxlar
2 marta o‘sgan bo‘lsin. Bunda:
2.6
1.3
2.0
=
=
=
Di
Dr
Pi
.
Demak, real daromad 30 foiz o‘sgan bo‘ladi.
Asli jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad miqdori mamlakat
miqyosidagi turmush darajasini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |