Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

12.7. Turmush sifati
Iqtisodiyotning ijtimoiy mo‘ljali oxir-oqibatda kishilarning turmush
sifatida  ifoda  etiladi.  Тurmush  sifati  turmush  darajasi  bilan
cheklanmaydi, balki inson turmushining umumiy shart-sharoiti, ya’ni


128
muhiti qanday bo‘lishini ham anglatadi. Iste’mol yuqori va turli-tuman
bo‘lgani holda turmush sharoiti yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Buning
aksi ham bo‘lib turadi. Yuqorida aytganimizdek, turmush darajasini
real daromadning miqdori belgilaydi va bu pul bilan o‘lchanadi, chunki
iste’mol tovarlari g‘oyat xilma-xil bo‘lganidan ularni bir o‘lchamga
keltirib bo‘lmaydi. Masalan, daftar-kitobni go‘sht va yog‘ bilan qiyoslab
bo‘lmaydi, chunki ular mutlaqo har xil iste’mol tovarlaridir. Ularning
qadr-qimmatini narxlari belgilaydi. Misolimizga qaytsak, daftar 400
so‘m, kitob esa 5600 so‘m, 1 kg go‘sht 18000 so‘m, 1 litr o‘simlik yog‘i
3500 so‘m turadi. Bularning umumiy qiymati 28500 so‘m bo‘ladi. Mana
shular iste’moliga qarab real daromad qancha ekanini bilish mumkin.
Real daromad g‘oyat muhim, lekin aholi farovonligiga baho berilganda
buning  o‘zi  kifoya  qilmaydi.  Bundan  tashqari,  hayot  kechirish
sharoitining ko‘rsatkichlarini ham inobatga olish talab qilinadi.
Bular jumlasiga yashash sharoitining ekologik tozaligi, savodxonlik
darajasi,  toza  ichimlik  suv  bilan  ta’minlanish,  kanalizatsiyaning
mavjudligi, sihat-salomatlik,  o‘rtacha  umr ko‘rish, tinch va xotirjam
hayot kechirish, ertangi kunga ishonch kabilar kiradi. Bular bilan birgalikda
real daromad qancha bo‘lishiga qarab inson kamoloti indeksi aniqlanadi.
Bu turmush sifatini umumlashgan holda ko‘rsatadi. Shu indeks asosida
qayerda  hayot  qanday  ekanini  bilish  mumkin.  Тurmush  sifati  real
daromadga  bog‘liq,  lekin  uning  darajasiga  har  doim  ham  mos
kelavermaydi. Real daromad yuqori bo‘lgani holda turmush sifati bunday
bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, 2000-yil Norvegiyada real daromad
Kanadagidan yuqori edi. Ammo Kanadada turmush sifati Norvegiya-
nikidan yuqori bo‘lgan, chunki u yerda yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling