Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

12.5. Har xil daromad sohiblari
Daromadlarga qarab aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari
paydo bo‘ladi. Bu qatlamlarga boylar, o‘rtahollar va kambag‘allar
kiradi.
Boy, kambag‘al yoki o‘rtahol degan tushuncha nisbiydir. Bu har
bir mamlakat iqtisodiyotining darajasiga bog‘liq. Iqtisod yuksak yerda
yiliga 10000 dollar daromad ko‘rgan kambag‘al bo‘lsa, iqtisod zaif
yerda  bundaylar  boy  hisoblanadi.  Boylar,  odatda,  katta  daromad
sohiblari  hisoblanadi,  lekin  ular  orasida  o‘ta  boylar  mavjud,  ular
ozchilikni tashkil etadi. Dunyoda o‘ta boy deganda boyligi 1 milliard
dollardan ortiq bo‘lganlar tushuniladi.
Kambag‘al  deganda  jon  boshiga  hisoblangan  daromadi
minimal  (eng  kam),  tirikchiligiga  yetmaydiganlar  tushuniladi.
Masalan, muayyan mamlakatda bir oylik tirikchilik uchun eng
kam  deganda  jon  boshiga  220  dollar  kerak  bo‘ladi,  oilaning
amaldagi daromadi  esa 200 dollar.  Demak, bu  oila kambag‘al
hisoblanadi.  Kambag‘allar  hissasi  turlicha.  Iqtisodi  baquvvat
mamlakatlarda kambag‘allar ozchilik bo‘lsa, iqtisodi rivojlanmagan
mamlakatlarda ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, 2000-yil
Nigeriyada jon boshiga yaratilgan mahsulot va xizmatlar 760 dollar
bo‘ldi. Bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Shunga  monand  ravishda  bu  yerda  kambag‘allar  aholining  63
Daromad  miqdoridagi  salmog‘i,  %
O
il

so
nid
ag

sa
lm
og
‘i
, %
Tenglik  chizig‘i
Tengsizlik
chizig‘i


126
foizini tashkil etdi. Malayziyada bu ko‘rsatkich tegishli ravishda
8360 dollar va 15,5 foiz edi, xolos.
Boylar  va kambag‘allar  oralig‘idagi  qatlam o‘rtahollar  bo‘ladi.
O‘rtahollar  —  bu  aholining  boyib  ulgurmagan,  lekin  o‘ziga  to‘q
qatlami. Bular rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik bo‘lsa, iqtisodi
zaif mamlakatlarda ozchilikni tashkil etadi.
O‘rtahollar  muhtojlikni  bilmaydi,  ular  farovonligi  muqim
ta’minlanadi. Bu toifa ajratilganda, uning faqat daromadi emas, balki
to‘plagan boyligi ham hisobga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda
o‘rtahol  yoki  o‘rtancha  sinf  vakilining  bankdagi  puli,  aksiya  va
obligatsiyalari  80  ming  dollardan  ziyod  bo‘ladi.  Jamiyat  uchun
o‘rtahollarning ko‘p bo‘lishi ma’qul, chunki ular ijtimoiy totuvlikni
ta’minlaydi, to‘s-to‘polonlarga bormaydi.
Kambag‘allik hamma yerda bor, u umumbashariy hodisa, shu
sababli uni yo‘qotib bo‘lmagan taqdirda ham qisqartirib borish zarurati
paydo bo‘ladi. Bunga asosan 2 yo‘l bilan erishiladi:
Birinchisi,  kambag‘allarda  iqtisodiy  faollik  uyg‘otish.  Sharqda
bir dono gap bor: «Kambag‘allikka yalqovlik qo‘shilsa, buning davosi
yo‘qdir». Shu sababli kambag‘allarni yalqovlikdan forig‘ etish talab
qilinadi. Muhimi, kambag‘allarga ishlab pul topib, to‘q yashashiga
sharoit  va  imkoniyat  yaratish  kerak.  Ikkinchisi,  kambag‘allarga
davlatning va firmalarning moddiy yordam berishini tashkil etish. Bu
vosita zarur bo‘lsa-da, boqimandalik kayfiyatini tug‘dirib, faollikka
undamaydi. Shu sababli bu yo‘l o‘zini o‘zi boqishga qodir bo‘lmagan
kishilarga, masalan, nogironlarga va ko‘p bolali oilalarga nisbatan
saylangan holda qo‘llanadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling