Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Ijara haqi — ko‘chmas mulk egalarining o‘z mulkini muqobil ishla-
tishdan olgan daromadi. Yer, imorat, inshoot, kvartira, uy va boshqalar
ijaraga berilib, undan daromad ko‘riladi. Ular  muqobil  ishlatilganda
ortiqcha daromad topiladi. Masalan, uyni ijaraga berib, har oyda 800000
so‘m daromad ko‘riladi. Uyga talabgorlar ko‘payganda uni yangidan
900000 so‘mga ijaraga beriladi. Oldingi va keyingi pul tushumi orasidagi
farq 100000 so‘m (900000—800000=100000) bo‘ladi. Ko‘chmas mulk
egalari ko‘paygan sari ijara haqi summasi ham ortib boradi.
Ijara haqi daromad sifatida 2 qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi
qismi mulk egasi  uni saqlash va sifatini  oshirish uchun (masalan,
yerga  suv  chiqarish,  uning  zaxini  qochirish,  uyni  ta’mirlash  va
sug‘urtalash uchun) qilingan sarfni qoplaydi. Qolgan qismi esa mulk
egasiga sof daromad bo‘lib tegadi.
Pensiya  daromadning  maxsus  turi  bo‘lib,  uni  qarilik  yoki
nogironlik tufayli ishga yaramay qolganlarga davlat va firma yoki
nodavlat  tashkilot  tomonidan  to‘lanadi.  Qarilik  pensiyasi  ishlab
topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiradi. Har bir
kishi  ishlagan  kezlarida  topgan  pulining  bir  qismini  pensiya
jamg‘armasiga o‘tkazib boradi, bu pul xodim pensiyaga chiqqach
unga  ma’lum  me’yorda  qaytariladi.  Nogironlik  pensiyasi  ishlab
topilgan pul bo‘lmay, o‘zini o‘zi boqa olmaydigan kishilarni moddiy
ta’minlab turish uchun ajratilgan puldir.
Pensiyaning  daromadlardagi  salmog‘i aholi  tarkibidagi  qariya-
larning soniga bog‘liq. Aholi tarkibida qariyalar soni qanchalik ko‘p
bo‘lsa, pensiyaning daromadlardagi salmog‘i shunchalik katta bo‘ladi.
Nafaqa  daromadning  maxsus  turi  bo‘lib,  ijtimoiy  yordamga
muhtojlarga, odatda, kambag‘allarga bir yo‘la yoki muqim ravishda
davlat, firmalar yoki xayriya tashkilotlari beradigan puldan iboratdir.
Nafaqaning miqdori moddiy imkoniyatlarga bog‘liq. Jamiyat qanchalik
boy bo‘lsa, shunchalik nafaqa puli ham ko‘p bo‘ladi.
Stipendiya daromad  turi bo‘lib,  undan  talabalar foydalanadi,
amalda  bu  yordam  puli  bo‘lib,  ularning  kelajakda  naf  keltirishi
e’tiborga olib beriladi. Stipendiyani davlat yoki firmalar to‘laydi.
Barcha    daromad  turlari  yalpi  daromadni  hosil  etadi.  Daromad
shakllari quyidagi chizmada ko‘rsatilgan:
Foyda
Dividend
Foiz
Ish  haqi
Pensiya
Nafaqa
Stipendiya
Yalpi  daromad
Ijara  haqi


124

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling