Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

12.4. Daromadlarning tabaqalashuvi
Bozor  iqtisodiyotiga  daromadlarning  tengsizligi,  ularning
farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan
pul miqdorida katta farqlar bo‘lishini bildiradi. Тengsizlikni asosan
to‘rt omil yuzaga chiqaradi:
1)  Kishilarning  tug‘ma  qobiliyatlari,  kuch-quvvati,  aql-idroki,
salohiyat va zakovati, xullas, ish qobiliyati bir xil emas. Shu sababli
ular  har  xil  daromad  ko‘radilar.  Masalan,  kino  yulduzi  bir  yilda
20 million dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, o‘qituvchi
40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15 ming
dollar daromad topadi.
2) Daromaddagi tengsizlik ishlab pul topish imkoniyatlariga bog‘liq.
Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo‘lgan va
ish topiladigan joyda daromad ko‘p bo‘lsa, bunday sharoitlar yo‘q
joyda daromad oz bo‘ladi. Ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi
qobiliyati  bir  xil  bo‘lsa-da,  daromadi  turlicha  bo‘ladi.  Masalan,
Germaniyada ishlaydigan ishchi  bir oyda o‘rtacha 2200  yevro ish
haqi olsa, ishsizga 300 yevro ishsizlik nafaqasi beriladi.
3) Тengsizlikni oila tarkibining har xil bo‘lishi ham yuzaga keltiradi.
Agar oila tarkibida pultoparlar ko‘p bo‘lib, boqimandalar oz bo‘lsa,
uning jami daromadi ko‘p bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa daromad oz bo‘ladi.
4) Daromadlardagi farqni iqtisodiy vaziyat ham yuzaga keltiradi.
Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad
kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narx tasodifan pasayib
ketsa, kutilgan  daromad ham  olinmaydi. Demak,  daromadlardagi
farqni bozor holatidagi o‘zgarishlar ham yuzaga keltiradi.
Bozor qonunlariga mos ravishda jamiyat qabul qilgan va qonuniy
ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli
tengsizlik hisoblanadi, g‘ayriqonuniy, ya’ni man etilgan usullar bilan
topilgan  daromadlardagi  farqlar  esa  adolatsiz  tengsizlikni  vujudga
keltiradi. Adolatsiz tengsizlik yashirin (man etilgan) iqtisodiy faoliyat
bor joyda yuzaga keladi. Masalan, reket yoki narkobiznesdan mo‘may
pul topish daromadlarni keskin farqlantiradi.
Daromadlardagi adolatli tengsizlik tabiiy bir hol bo‘lib, daromadi
ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar
aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan  daromad  summasiga  qarab
aniqlanadi. Buning uchun oila ko‘rgan yalpi daromad uning a’zolari
soniga  bo‘linadi.  Daromaddagi  tafovutlar  darajasi  tahlil  etilganda
10 foiz boy oilaning daromadi bilan 10 foiz kambag‘al oilalar daromadi
taqqoslanadi. Natijada boylar va kambag‘allar daromadi necha karra
farqlanishi aniqlanadi. Daromadlarning notekis taqsimlanishi quyidagi
Lorens egri chizig‘ida tasvirlanadi:


125
Agar daromadlar teng taqsimlanib, hamma bir xil daromad olganda
tenglik chizig‘i AE hosil bo‘lar edi, chunki, masalan, 10 foiz oila 10
foiz daromad olgan bo‘lar edi. Daromad notekis taqsimlangani uchun
yoysimon chiziq hosil bo‘lgan. Bunda, masalan, 10 foiz oila 25 foiz
daromad olgan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling