Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

12.3. Daromadlarning turlanishi
Bozor iqtisodiyoti daromadlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Ular  uch  guruhga  bo‘linadi:  a)  Mehnatdan  kelgan  daromad;
b) tadbirkorlikdan kelgan daromad; d) mulkdan kelgan daromad.
Mehnatdan kelgan daromad — bu yollanib ishlovchi kishilarning
daromadi bo‘lib, ish haqi va turli foydadan ajratiladigan mukofotlardan
iborat bo‘ladi.
Ish haqi — bu ko‘pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan
mamlakatda jami daromadlarning 60—70 foizini ish haqi tashkil etadi.
Ish haqi — yollanib ishlovchilarning ishlab topgan daromadi, tirikchilik
vositalarini (mahsulot va xizmatlarni) xarid etish va pul jamg‘armasini
hosil etish uchun ishlatiladi. Ish haqi uch qismdan: asosiy ish haqi,
mukofot  tarzidagi  (bonus)  ish  haqi  va  belgilangan  ish  vaqtidan
ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to‘lovidan tashkil topadi.
Ishlovchining qo‘liga tegishiga qarab umumiy ish haqi va sof ish haqi
bo‘ladi. Umumiy  ish haqini yalpi,  ishlovchi hisobiga  yozilgan ish
haqi desa ham bo‘ladi. Sof ish haqi yalpi ish haqidan har xil to‘lovlar
(soliqlar, badal puli va h.k.) chegirib tashlangandan so‘ng qoladigan
ish haqi, ya’ni ishlovchining hamyoniga kelib tushadigan ish haqidir.
Ish haqining miqdori o‘zgaruvchan. Bu o‘zgarish asosan uch omil
ta’sirida yuz beradi: a) Ish kuchiga talab va uning taklifi. Mehnatga talab
oshganda ish haqi ko‘payadi, mehnat taklifi oshganda esa ish haqi kamayadi.
Mehnat bozoridagi talab va taklif tenglashgan taqdirda ish haqi bir me’yorda
saqlanadi; b) Mehnat unumdorligi. Ish bilan bandlik sharoitida ish haqi
mehnat unumdorligi oshsa ko‘payadi, u pasaysa, aksincha, kamayadi;
d) Bozor uchun ishlay bilish. Ish haqi umuman ishlaganlik uchun emas,
balki  bozor  talabiga mos  ravishda  bajarilgan  mehnat  uchun  beriladi.
Тovarlar bozorbop bo‘lib, yaxshi sotilsa, ish haqi ko‘payadi, ular bozorda
o‘tmay qolsa ish haqi kamayadi yoki uni to‘lash imkoni bo‘lmaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling