Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

12-BOB. AHOLI  DAROMADLARI
12.1. Bozor  iqtisodiyotining  ijtimoiy  yo
‘nalishi
Bozor iqtisodiyoti inson farovonligini ta’minlash, unga munosib
turmush  sharoitlarini  yaratib  berish  maqsadlarini  ko‘zlaydi.
Iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘nalishi deganda, uni jamiyat a’zolarining
turmush farovonligini oshirishga qaratilishi tushuniladi.
Тurmush farovonligi — bu sifatli oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy,
turli xizmatlar iste’molining ortib borishini, kishilarning sihat-salomat
yashab,  uzoq  umr  ko‘rishini,  o‘z  hayotidan  qoniqish  hosil  etishini
bildiradi. Bu maqsadga eng avval bozor vositasida erishiladi. Bozor
hammani  yaxshi  ishlashga  undaydi,  chunki  yaxshi  ishlamagan–  u
tadbirkormi, oddiy ishchi, xizmatchi yoki dehqon bo‘ladimi, bundan
qat’i  nazar  yaxshi  kun ko‘ra  olmaydi.  Bozorda  xaridor  talabining
ustuvorligi mavjud, u qondirilmasa tadbirkorlar foyda ola bilmaydilar.
Shu sababli  ko‘plab sifatli  va arzon  tovarlarni chiqarib,  aholining
bozordagi talab-ehtiyojini qondirish foyda topishning shartiga aylanadi.
Bozordagi keskin raqobat ishchi va xizmatchilarni intizomga rioya
etib,  ish  unumini  oshirishga,  tadbirkorlarni  esa  yangidan-yangi
tovarlarni ishlab chiqarishga undaydi, chunki busiz raqobatda jon
saqlash qiyin bo‘ladi. Bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Тovarlar
mo‘l-ko‘l bo‘lganidan, kishilar ularni tanlab olib, o‘z ehtiyojini to‘laroq
qondirish  imkoniga  ega  bo‘ladilar.  Bu  bilan  ularning  turmush
farovonligi ta’minlanadi.
Bozor munosabati iqtisodiy yuksalishni, bu bilan esa jamiyatning
boy bo‘lishini yuzaga keltiradi. Boy jamiyatda ommaviy farovonlikka
erishiladi. Masalan, 2006-yil AQSHda aholi jon boshiga hisoblanganda
32,7 ming dollarlik tovarlar va xizmatlar iste’mol etildiki, bu yuksak
farovonlikni bildiradi. Boy mamlakatlarda aholining ko‘pchiligi mulk
egasiga aylanadi. Mehnat ahli ham o‘z kuchidan, ham o‘z mulkidan
daromad topib, farovon yashash imkoniga ega bo‘ladi.
Farovonlikni ta’minlashda bozor vositalaridan tashqari davlat ham
ishtirok etadi. Bunga daromadlarni davlat budjetini qaytadan taq-
simlash orqali erishiladi. Bunda davlat boylar daromadining bir qismini
soliq orqali olib kambag‘allarga bera oladi, bepul xizmat ko‘rsatiladi,
ko‘pchilik hayotini farovonlashtiradi.


120
Farovonlikni  ta’minlashning  yana  bir  vositasi,  bu  turli  nodavlat
jamg‘armalari bo‘lib, bularga pul ayrim fuqarolar, korxona va tashkilotlar
tomonidan ko‘ngilli ravishda ajratiladi. Bunday pul mablag‘lari xayr-
ehson tarzida muhtojlarga moddiy va pul bilan yordam ko‘rsatish uchun
ishlatiladi.  Masalan,  O‘zbekistonda  «Nuroniy»  jamg‘armasining
mablag‘lari qariyalarga yordam ko‘rsatish uchun sarflanadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling