116
ketmasligi uchun davlat ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu pulni
tovarlar bilan ta’minlanganligi oshiriladi. Natijada pulga ishonch ortadi.
O‘zbekistonda davlatning inflatsiyaga qarshi kurashi tufayli uning
shiddati kesildi, inflatsiya jiddiy ravishda sekinlashdi.
Davlat arzon pullar hosil etish yo‘lidan boradi. Davlat o‘ziga
qarashli Markaziy bank orqali uchyot stavkasini – foiz darajasini
belgilaydi, shunga qarab banklar o‘zining foiz stavkasini belgilaydi.
Masalan, uchyot stavkasi oyiga 1 foiz belgilansa, banklar o‘z foizini
shunga qarab 1,5 foiz qilib belgilaydilar. Ortiqcha 0,5 foiz bank
xarajatini qoplab, unga foyda ham beradi. Davlat uchyot stavkasini
pasaytirsa, arzon pullar hosil bo‘ladi, ya’ni pulni kreditga olish
arzonlashadi. Foiz pasayganda, kredit olish ko‘payadi, iqtisod
o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: