Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Ko’krаk qаfаsi Ultrаtоvush


Download 5.41 Mb.
bet215/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Ko’krаk qаfаsi Ultrаtоvush. Bu muоlаjаgа mахsus tаyyorgаrlik tаlаb etilmаydi. Bu muоlаjа аsоsаn оch qоringа kunduz kuni o’tkаzilаdi .
Siydik qоpini vа buyrаkni UTT qilish.




Оch qоringа qоvuq siydik bilаn to’lа хоlаtdа o’tkаzilаdi. Bundа bеmоrning 1- хоlаti ахаmiyatgа egа. Аgаr siydik pufаgidа suyuqlik yig’ilsа uni nаtijаsini аniqlаsh shunchаlik оsоn bo’lаdi.
Qizlаrdаgi bаchаdоn vа tuхumdоn UTTsi. Bаchаdоn vа tuхumdоnlаrni ultrаtоvushgа tеkshirishdа tоzаlоvchi хuknа utkаzilishi shаrt. Ichаkdаgi gаzni еlni хаydаsh uchun аktiv ko’mir ichkizilаdi vа siydik pufаgi to’lа хоlаtdа UTT o’tkаzilаdi.

IV BOB. BOLALAR XIRURGIYASIDA BEMOR PARVARISHI


XIRURGIK BEMORLARNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, ULARNI QABUL QILISHDA SHIFOKORNING TUTGAN O’RNI

Bolalar xirurgiyasi pediatriya sohasidagi klinik fanlar orasida alohida o’rin egallab turadi. Bolalar xirurgiyasi ikki fan: xirurgiya va pediatriya asosida, tug’ilgandan 18 yoshga qadar bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarni davolash bilan shug’ullanadi. Ularga xar xil, oddiydan murakkabgacha, terini kesishdan a’zolarni ko’chirishgacha bo’lgan jarroxlik amaliyotlari o’tkaziladi. Davoni natijasi ko’p hollarda bemor bolalarni operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi davrda parvarishlashni to’g’ri tashkil qilishiga bog’liq. Bemordagi klinik holatni chuqur va to’g’ri bilish uchun bemorning yoshiga doir xususiyatlarni bilishi lozim. Ayniqsa bu yosh davrdagi bemor bolalarga ta’aluqli.


Bolalarni tanasi va a’zolarini anatomik va fiziologik tuzilishi kattalardan farq qiladi. Shu sababli kasalliklarni kechishida ham ko’p farqlarga olib keladi. Shifokorlar ushbu xususiyatlarni bilishlari va tushunishlari kerak. Alifboni bilmasa xikoyani o’qib bo’lmasday, bolalarni anatomik va fiziologik xususiyatini bilmasa, ulardagi kasalliklarni tushunish va davolash mumkin emas.
Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisi nozik bo’ladi, u oson shikastlanishi mumkin. Bolada terining himoya funktsiyasi yetarlicha emas va shu sababli tez shikastlanib infektsiyalar uchun kirish darvoza bo’lishi mumkin. Chaqaloq va yosh bolalarni teri qavatini noto’g’ri yoki sifatsiz parvarish qilinsa, bolalarni terisida xar xil yallig’lanish jarayonlari va kasalliklar, ularni asoratlari (flegmona, abtsess, sepsis va h.o.) paydo bo’lishi mumkin.
Bolalar, ayniqsa kichik yoshdagi, ularni asab tizimi to’liq rivojlanmaganligi sababli ularda infektsiya, intoksikatsiya, og’riq, psixologik shikastlarga umumlashtirilgan o’ziga hos reaktsiyaga ega. Shu sababli bolalarda mahalliy belgilar ko’rinmasdan, umumiy belgilar (tana haroratini oshishi, ichi ketishi, qayt etishi) yuzaga keladi. Shu bilan birga bolalarda (ayniqsa 5 yoshgacha) asab tizimining kompensator reaktsiyalarning yo’qotilishi kuzatiladi. Bola og’riqni qiyinchilik bilan anglaydi.
Bolaning ruxiy yetilmaganligi o’zini salbiy tutishiga, (dissimulyatsiya) kasalligini belgillarini bekitishga olib keladi.
Bolani organizmini asosiy hususiyatlaridan doimiy o’sish va rivojlanish: tug’ilishdan 14-18 yoshigacha bolalar organizmida o’zgarishlar kuzatiladi, chaqaloqlarda ushbu jarayonlar kuchliroq kuzatiladi.
Bolalar organizmini a’zo va tizimlarini yetilishi xar xil yosh davrlarida amalga oshadi. Ularning funktsional holati va umumiy jismoniy rivoji qator o’zgarishlarga uchraydi. Bolalarni anatomik va fiziologik hususiyatlariga ko’ra ularda xirurgik kasalliklarni kechishi kattalardan farq qiladi. Bolalar organizmini tuzilishi, a’zo va tizimlarni funktsiyalarini xususiyatlari ularni parvarishiga aloqasi borligini e’tiborga olish kerak. O’sish omili shifokorning olib boradigan davosiga ta’sirini belgilaydi. Ayrim hollarda ushbu omillar davoga teskari, ayrim hollarda aksincha foydali ta’sir etishlari mumkin.
Masalan, suyak sinishi (uzunasiga va bo’ylamasiga suyak sinib siljishi) natijasidagi qo’l-oyoqdagi qiyshayishlar bola o’sishi bilan to’g’rilanib ketadi va operatsiya talab etmaydi. Shuningdek erta yoshda bo’lgan axamiyatsiz ko’ringan kichik shikastlanishlar yoki epifizar o’suvchi sohani infektsion zararlanishi (osteomielit) keyinchalik bola o’sishi davrida qiyin bartaraf etiladigan kasallikka aylanishi mumkin. Yana misol: bola to’qimalarini yahshi rivojlanmaganligi va davom etuvchi o’sishi tug’ma deformatsiyalarni kesmasdan yoki engil manipulyatsiyalar yordamida to’g’rilashga imkon tug’diradi, vaholanki kattalarda bu usullar naf bermaydi. Yassi oyoqlik erta bosqichida bosqichli yumshoq boylamlar va shinalar; displaziya va tug’ma son chiqishlari ham erta bosqichida funktsional shinalar va gimnastikalar yordamida davolanadi.
Bolalarda ularning anatomik va fiziologik hususiyatlari hisobiga faqat ularga hos kasalliklar uchraydi. Ularni orasida omfalit (kindik atrofi to’qimalarini yallag’lanishi) va flegmonani mahsus turi (chaqaloqlar nekrotik flegmonasi).
Chaqaloqlarda ayrim a’zo va to’qimalar funktsiyalarini vaqtinchalik buzilishlari katta axamiyatga ega. Ushbu holatlar yoki sindromlar shoshilinch xirurgik muolajalarni talab etadigan klinik ko’rinishlari og’ir kasalliklar va nuqsonlarni eslatadi. Lekin ba’zan ushbu holatlar o’zidan o’zi yo’qoladi yoki konservativ davolanadi. Masalan, ichak disfunktsiyasi, halaziya yoki ahalaziya chala tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydi va qusish boshqa hazm qilish a’zolari o’tkazuvchanligini buzilishi bilan xarakterlanadi. Operativ davo bu holatda yordam bermaydi, balki konservativ davo (kyuvezda saqlash, vitaminterapiya, gormonterapiya) yahshi natija beradi. Shunday qilib bolalar jarrohi organic va funktsional o’zgarishlarni bir-biridan ajratishda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch keladi.
Yuqorida bayon etilganlar bola organizmining anatomo-fiziologik ko’rinish hususiyatlarini namoyon etib, bolalar xirurgiyasi o’rnini belgilaydi. Qolgan to’liq ma’lumotlar amaliy mashg’ulotlarda o’tiladi.



Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling