Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Download 5.41 Mb.
bet242/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Bog’lamni kuzatish. Narkozdan uyg’onayotganda bemor qimirlab bog’lamni olib tashlashi yoki surib qo’yishi mumkin. Bu esa yaradan qon ketishiga yoki yara ifloslanib yiringlashiga olib kelishi mumkin. Ba’zida bola uxlab yotganda ham bog’lam qon bilan ifloslanib qolishi mumkin. Povyazka mojet propitat’sya krov’yu i pri spokoynom so­stoyanii bol’nogo. Bunday holatlarda hamshira tezda vrachni ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog’lam almashtirilishi lozim.
Terini parvarishlash. Terini noto’g’ri parvarishlasak suyak chiqib turgan joylarda yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin. Klinik jihatdan bu teri qizarishi bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik bu sohada to’qima o’ladi, teri ko’chadi, to’qimalarni yiringli parchalanishi yuzaga keladi. Yotoq yaralar profilaktikasi: operatsiyadan keyingi davrda bemorni aktiv holatga keltirish, terini kamfora spirti bilan artib turish, massaj, tanani yumshatib turuvchi yumshoq doira balonchalarni ishlatish. Davolash: antiseptik eritma bilan tozalash, Vishnevskiy mazi bilan bog’lam qo’yish, 5% kaliy permanganat eritmasida yuvish. Defekatsiyadan keyin albatta oraliq soha yuvilishi lozim. Ayollarda defekatsiya bo’masa ham har kuni oraliq soha yuvilishi lozim.
Bolalar sovuq qotishga juda sezgir bo’lishadi. Shu sababli ham operatsiya xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati 20-22°S bo’lishi kerak. Chala tug’ilgan va chaqaloqlarda alohida maxsus xonalar bo’lishi lozim. U yerda havo harorati 22-26°S bo’lishi kerak. Havo harorati 34-37°С bo’lgan ochiq yoki yopiq kyuvezlar bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir.
Operatsiyadan keyin bemor narkozdan uyg’onguncha chalqancha gorizontal holatda yotishi lozim. Birdan bosh tomonini ko’tarish tavsiya etilmaydi, sababi bolani kollapsga tushishiga olib kelishi mumkin.
Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday paytda bola boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan keyin bemor og’zi paxta bilan artiladi. Operatsiyadan keyingi kuni tanani yuqori qismi 30° burchak ostida ko’tarilishi lozim. Asosan bu davrda drenaj naychalar va kateterlarga ehtiyot bo’lish kerak. Sababi bola ulardan tezroq xalos bo’lishni xohlaydi va qo’li bilan yulib tashlashi mumkin.
Agar mahalliy og’riqsizlantirish ostida operatsiya bo’lgan bo’lsa suv (shirin choy) ichirish mumkin. Umumiy narkozda operatsiya bo’lgan bo’lsa 4-6 soatdan keyin, shuningdek qusish bo’lmasa suyuqlik beriladi.
Bemorni ovqatlantirish 6-8 soatdan keyin boshlanadi. Ovqat turi, tarkibi bolani yoshiga, kasallik xarakteriga va operatsiya turiga bog’liq bo’ladi. Suv-tuz va oqsil o’rnini to’ldirishga, yetarli vitaminlar berishga katta ahamiyat beriladi.
Gaz chiqarish maqsadida har kuni orqa teshikka gaz chiqaruv naycha qo’yish tavsiya etiladi.
Bolalardagi xususiyatlardan biri shuki, kichkina operatsiyalardan keyin ham tana harorati 40-41°Cgacha ko’tarilishi mumkin.
Shuningdek operatsiya bo’lgan bolalar talvasaga tushishga moyil bo’ladilar. Talvasa gipoksiya, giperkapniya, novokain dozasini oshirganda, gipertermiya holatida bosh miyani narkotik modddalar ta’sirida ta’sirlanishida yuzaga kelishi mumkin.
Hamshira har kuni asosiy funksional ko’rsatkichlarni yozib borishi lozim: puls, nafas, arterial bosim, harorat, ichilgan va chiqarilgan suyuqlik (siydik, plevra yoki qorin bo’shlig’idan chiqqan suyuqlik) miqdori.
Bemorni turishiga faqat vrach ruxsat beradi. Hozirgi vaqtda operatsiya turi va og’irligiga qarab erta turish (2-3 sutkada) tavsiya etiladi.
Kichik operatsiyalardan keyin (appendektomiya, churrani kesish) choklar 7-8-sutkada olinadi. Qorin bo’shlig’i (oshqozon rezeksiyasi, xoletsistektmoiya), ko’krak qafasi ochilgan (pulmoektomiya, lobektomiya) operatsiyalardan keyin choklar 9-10 sutkada olinadi. Choklar faqat tibbiy instrument yordamida olinadi, aseptik bog’lam qo’yiladi.
Operatsiyadan keyingi asorat o’tkazilgan operatsiyaga yoki narkozga bog’liq bo’ladi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling